Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«El-klasiko» yakunlari: statistika va faktlar

«El-klasiko» yakunlari: statistika va faktlar

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 29-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Real» va «Barselona» o‘zaro to‘qnash keldi. «Santyago Bernabeu»da o‘tgan bahsda Kataloniya klubi 4:0 hisobidagi qo‘lga kiritdi.

Quyida «el-klasiko»ga oid fakt va statistikalar taqdim etiladi:

— Pyer-Emerik Obameyang «Real»ga qarshi ketma-ket 5 ta o‘yinda gol urgan XXI asrdagi ilk futbolchi bo‘ldi. Gabonlik futbolchi «Barselona» safidagi 8 o‘yinda 9 ta gol urdi;

— Ronald Arauxo so‘nggi 10 yil ichida «Santyago Bernabeu»da «Real»ga boshi bilan gol urgan ilk «Barselona» futbolchisiga aylandi. 2012 yilda Xavining uzatmasidan keyin Karles Puyol bu ishni uddalagandi;

— «Barselona» XXI asrda 9 marta «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Madridliklar esa bu muddatda faqat bitta yirik g‘alabaga erishgan;

— «Barselona» «Real»ning barcha musobaqalardagi 5 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi;



— Xavi murabbiy sifatida «Klasiko»dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Birinchi bahsda 42 yoshli mutaxassis mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘shanda jamoa 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi bahsida (2:3) imkoniyatni boy bergan.

— «Barselona» so‘nggi 3 yil ichida ilk marta «Klassiko»da g‘alaba qozondi. Shu tariqa «Real»ning o‘zaro o‘yinlardagi 5 o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasi tugadi. «Barselona» oxirgi marta 2019 yilda «Real»dan ustun kelgandi;



— «Barselona» barcha musobaqalarda qatorasiga 12 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti — 9 g‘alaba, 3 durang;

— «Real» 2018 yilning oktyabridan beri ilk bor «Barselona»dan 4 ta gol o‘tkazib yubordi (5:1). O‘shanda Madrid klubi jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ishdan bo‘shatgandi.

Katalonlar 28 ta o‘yin o‘tkazgan holda musobaqa jadvalida 54 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Real» esa 66 ochko yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 2-pog‘onadagi «Sevilya»ning hisobida 57 ochko bor.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:00, 21.03.2022.
O'qildi: 4672 marta.
Fikrlar: 119 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.