Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy nomi aytildi

Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy nomi aytildi

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, uning o‘rnini "Madrid" afsonasi Raul Gonsales Blanko egallashi mumkin. Bu haqda "Marka" nashri jurnalisti o‘z nuqtai nazarini bildirdi.

Hozirda ushbu mutaxassis «Kastilya»ni boshqarmoqda va uning natijalari yomon emas. Xususan, yosh madridliklar o‘tgan mavsumda yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdi.

"Raulda boshqaruvchilik qobiliyati bor. U futbolchilarni yaxshi boshqaradi. Bundan tashqari, u asosiy jamoaning barcha o‘yinchilarini yaxshi biladi. Hozirda "Qirollik klubi"ni undan yaxshiroq biladigan murabbiy yo‘q.

Raul «Real Madrid» tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Muxlislar o‘rtasida ham uning obro‘si yuqori. U klubga sadoqatli. U futbolchilar oldida nutq so‘zlashni biladi. Boz ustiga, u jurnalistlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan. Raul "Madrid" uchun yangi Xavi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, "el-klasiko"dagi 0:4 hisobidan keyin "Real"ga ham Xavi kabi xarakter va xarizmaga ega bo‘lgan haqiqiy madridist murabbiy kerak.

Raulga 4-3-3 taktik sxemasi yoqadi. U yuqori pressing tarafdori. Boshqacha so‘z bilan aytganda, Raulning o‘yin uslubi ham Xavinikiga o‘xshash. Mutaxassisning yana bir xususiyatlaridan biri — unga haqiqiy markaziy hujumchi bilan o‘ynash yoqadi. Haqiqiy "to‘qqizinchi raqam" esa bo‘yi baland va kuchli futbolchi bo‘lishi kerak.

Raul "Qirollik klubi" boshqaruvini qo‘lga oladigan payt keldi. U murabbiy faoliyati bilan birga sport direktori vazifasini ham bajarmoqda. O‘z vaqtida "Real"ning ikki buyuk murabibylari – Luis Molovni va Visente del Boske shunday vazifalarni bajarishgan.

Albatta, men Karlo Anchelottidan juda minnatdorman, u ijoyib ishni bajarishda davom etmoqda. Umid qilaman, u La liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqa oladi. Karloga rahmat, ammo «Real Madrid»ning kelajagi Raul qo‘lida. Uning vaqti keldi. U jamoani boshqarishga tayyor", — deya yozdi "Marca" nashri jurnalisti Roberto Gomes.

Manba: marca.com
Kiritildi: 20:07, 23.03.2022.
O'qildi: 8528 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик