Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

APL. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ma’lum (foto)

APL. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ma’lum (foto)

Baho:
+ | -

APL matbuot xizmati mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun davogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Sovringa Mikel Arteta (“Arsenal”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Antonio Konte (“Tottenxem”), Brendan Rojers (“Lester”) va Tomas Tuxel (“Chelsi”) da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida "Arsenal", "Lester" va "Tottenxem" APLda uchta bahsda g‘alaba qozonib, bittadan mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi. “Liverpul” va “Chelsi” uchta o‘yinda ham g‘alaba qozonishgan.

APLning 29-turidan so‘ng “Manchester Siti” eng yaqin ta’qibchisi “Liverpul”dan bir ochko oldinda, 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Chelsi” 59 ochko bilan uchinchi, "Arsenal" 54 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. 51 ochko bilan beshinchi o‘rinni “Tottenxem” band etgan.

Kiritildi: 17:59, 24.03.2022.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик