Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn 2-2 Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt 1-1 Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay

Yozgi transferlar oynasining yulduzli va tekin futbolchilari

Yozgi transferlar oynasining yulduzli va tekin futbolchilari

Baho:
+ | -

2022 yilning yozgi transferlar oynasi yaqinlashmoqda. Ushbu davr ko‘p ehtimol, esda qolarli va tarixiy xaridlar amalga oshiriladigan payt sanaladi. Bunda ko‘plab yulduz futbolchilar o‘z klublarini erkin agent maqomida tark etishadi. Ushbu narsaga koronavirus pandemiyasi davrida yuz bergan inqiroz ham sabab bo‘ldi. Shunday ekan, o‘z futbolchilarini saqlab qola olmayotgan klublardan xafa bo‘lmaslik kerak. Quyida keyingi mavsumda yangi joyga ko‘chadigan top futbolchilardan ayrimlarini sanab o‘tamiz.

Kilian Mbappe

Futbol matbuotining eng qaynoq mavzularidan biri bu Mbappening Parijda qolishi yoki qolmasligi bo‘lib turibdi. So‘nggi paytlardagi ahvol uni, «PSJ» o‘zida olib qola olmasligini ko‘rsatmoqda. Agar shunday bo‘lsa, ko‘p ehtimol, «Real» Mbappening keyingi makoniga aylanadi.

Pol Pogba

Pogbaning taqdiri ham haligacha aniq emas. «MYU» muzokaralar o‘tkazmayotganiga qaraganda, fransuz yulduzi uchun Manchesterdagi hayot yakuniga yetgan. Yarim himoyachiga o‘z darajasidagi «Real», «PSJ» hamda sobiq klubi «Yuventus» talabgorlik qiladi. Uni «Old Trafford»da qolishga ko‘ndirish o‘ta qiyin ish bo‘lsa kerak.

Paulo Dibala

«Yuventus» va Dibala orasi buzilgani haqida xabarlar mavjud. Shu sabab, Turin klubi uni yozda jamoani tark etishini mart oyidayoq e’lon qildi. Argentina terma jamoasi a’zosi uchun «MYU» ehtimoliy manzildek ko‘rinadi. Lekin ular yagona talabgor emas.

Usmon Dembele

24 yoshli hujumchi o‘zining doimiy tarkibga kiritilishini so‘ramoqda. Chunki u bunga muhtoj. Dembele o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyish etganicha yo‘q. «Barselona» uni yanvar oyidayoq jamoada olib qolishga harakat qila boshlagan edi. Biz hali ham Usmonni o‘z jamoasi bilan yangi shartnoma tuzishi mumkinligini inkor eta olmaymiz.

Frank Kessie

Kessie o‘tgan mavsumda «Milan»ga YECHLga chiqish uchun yordam bergach, ilk bor ushbu musobaqada ko‘rinish berdi. Ammo bu narsa uni «Milan»da olib qolmasligi mumkin. Chunki Kot-d'Ivuar terma jamoasi a’zosini «Barselona» o‘z safiga chorlamoqda.

Andreas Kristensen

«Chelsi» futbolchisi jamoadagi faoliyatidan mamnun. Uni Tomas Tuxel ham yaxshi ko‘radi. Ammo negadir, himoyachi jamoasi bilan yangi bitim tuzmayapti. Kristensen uchun ham «Barselona» asosiy da’vogar. Shu sabab, «Chelsi» zudlik bilan Daniya terma jamoasi a’zosiga yangi va qoniqarli bitim taklif etishi kerak edi.

Antonio Ryudiger

Kristensen «Chelsi»ni tark etmoqchi bo‘lgan yagona himoyachi emas. Ayni damda Ryudigerning ham shartnomasi yakun topmoqda. Kristensen kabi Ryudiger ham Tuxel e’tiboridagi futbolchi sanaladi. Ammo haligacha klub va futbolchi yangi bitim borasida bir to‘xtamga kelmagan. Bu esa Ryudigerni yozda yangi manzilga ketishini anglatadi.

Shuningdek, quyidagi futbolchilar ham katta ehtimol bilan hozirgi klubidan ketadi:

Andrea Belotti («Torino»)
Jessi Lingard («MYU»)
Garet Beyl («Real»)
Isko («Real»)
Serji Roberto («Barselona»)
Korenten Tolisso («Bavariya»)
Federiko Bernardeski («Yuventus»)
Luka Modrich («Real»)
Luis Suares («Atletiko»)
Anxel Di Mariya («PSJ») va boshqalar.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:19, 24.03.2022.
O'qildi: 2583 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.