Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi Luis Enrikega ishonishda davom etmoqda.
Diario Sport xabariga ko‘ra, rahbariyat milliy terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi ishiga shubha qilmaydi va JCH-2022 dan keyin uning o‘rniga boshqa mutaxassis izlashni rejalashtirmagan.
Qayd etilishicha, Enrikening o‘zi ham Ispaniya terma jamoasidagi ishidan mamnun bo‘lib, amaldagi shartnomasini Yevro-2024 yakunigacha uzaytirishga intilmoqda.