Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Srechko Katanes: «O‘yin boshidanoq terma jamoadan ko‘p narsa kutir yubormasligimiz kerak»

Srechko Katanes: «O‘yin boshidanoq terma jamoadan ko‘p narsa kutir yubormasligimiz kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Navruz Cup-2022 musobaqasining yarim final bosqichi doirasidagi bo‘lib o‘tgan Qirg‘izistonga qarshi o‘yin (3:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin haqida qisqacha fikr bildiradigan bo‘lsak, bugun O‘zbekiston yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Futbolchilar intensiv o‘yin namoyish etishdi. Uchrashuvdan qoniqish hosil qildim. Ikkinchi bo‘limda tempni oshirdik va g‘alaba qozondik.

Birinchi bo‘lib o‘tkizib yuborilgan gol bir muddat o‘yinchilar uchun shok holatni yuzaga keltirdi. Bu normal holat. Futbolda har qanday vaziyat yuz berishi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida shuni aytishim kerak, o‘yin boshidanoq jamoadan ko‘p narsa kutib yubormasligimiz kerak. Masalan, Italiya terma jamoasi yutqazib qo‘ydi. Shunaqa natijalar ham bo‘lib turadi. Bu futbol. Hozir futbol oson emas. Avvalgidek 78:0 kabi hisoblar bo‘lmaydi. Futbol tez rivojlanmoqda. Biz har qanday jamoaga qarshi jiddiy munosabat bilan o‘ynashimiz kerak.

Maydon yashil ko‘ringani bilan bir kunda ikkita bahs o‘tkazilgani uchun chimning holati yaxshi emas. Ha, maydon tufayli xatolar yuz berib turdi. Ammo maydonni bahona qila olmaymiz. Yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozondik.

Hamrobekov va Shukurov o‘rtasida muvozanat topish kerak. Agar ortda bir himoyachi qolsa, ular mudofaaga ham yordam berishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ikki tayanch yarim himoyasini oldinga o‘tkaza olmaymiz. Bunday holatda o‘yinni buzib qo‘yamiz. Bugun yo‘l qo‘ygan xatolarimizni bilaman. Odil va Otabek — tajribali o‘yinchilar. Men ularga ishonaman. Ular hozirda o‘z pozisiyasida eng yaxshi o‘zbek futbolchilari hisoblanadi. Tajribasiz o‘yinchilarni bu pozisiyaga hozircha qo‘ya olmayman.

Birinchi navbatda kecha aytib o‘tib aytganimdek, doimo natija uchun o‘ynaymiz. O‘rtoqlik uchrashuvida terma jamoaga bunchalik bosim uyushtirilishi tushunmayman. Ha, natija muhim, ammo o‘rtoqlik o‘yini yutqazib qo‘ysak ham bu normal holat hisoblanadi. Terma jamoani har qanday holatda qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Futbolchilar muxlislarning qo‘llab-quvvatlanishini his qilishi kerak. Muxlislarning ba’zi hayqiriqlaridan bugun maydonda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘ynadimi yoki "Navbahor" o‘ynadimi, yaxshi tushunmay qoldi. Stadionga tashrif buyurgan har qanday ishqiboz terma jamoani qo‘llab-quvvatlashi lozim", — dedi Katanes.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:41, 25.03.2022.
O'qildi: 2861 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик