Italiya matbuotida «Bolonya» bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Avvalroq mutaxassis sog‘lig‘i yomonlashayotganini aytgan edi. Eslatib o‘tamiz, Mixaylovich leykemiyadan aziyat chekadi.
Yozda Mixaylovich onkologiya bilan kasallanganligini tan olgan. U «Bolonya»ni kasalxonadan turib boshqaradi.
Murabbiy OAVda unga achinmaslikni so‘radi, chunki u buni istamaydi.
Ma’lumot uchun, «Bolonya» A Seriyaning 29-turidan keyin 33 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.