Portugaliya JCH-2022 pley-off bosqichining finaliga chiqdi. Diogo Jota Turkiyaga qarshi kechgan bahsning birinchi bo‘limi oxirida jamoasining o‘yindagi ikkinchi golini kiritdi. «Liverpul» hujumchisi boshi bilan turklar darvozasiga ajoyib to‘p kiritdi.
Bu Jotaning so‘nggi ikki mavsumda milliy terma jamoa safida boshi bilan kiritgan beshinchi gol hisoblanadi. Bu 178 sm bo‘yli futbolchi uchun ajoyib statistika emasmi?! Muxlislar yaxshiroq tushunishi uchun: Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida xuddi shu davrda 5 ta penalti tepdi. Jota esa o‘yinda shuncha golni bosh bilan kiritdi. Bu bu orqali ikki futbolchini solishtirmoqchi emasmiz. Shunchaki, ma’lum statistikani taqdim etishga qaror qildik.
Umuman olganda, Jota hozirda goleadorlik borasida Yevropaning eng yaxshi to‘purarlaridan biri hisoblanadi. Quyida so‘nggi ikki yilda top-5 ligalarda bosh bilan gol urgan futbolchilar statistik ma’lumotlari keltirilgan. Qo‘shimcha qilamizki, bu statistikada klub va terma jamoalar safida urilgan gollar inobatga olingan.
So‘nggi ikki yilda klub va terma jamoa safida eng ko‘p bosh bilan gol urgan futbolchilar
Eslatma: Bu ro‘yxatdagi futbolchilarning ichida faqatgina Jotaning bo‘yi 180 santimetrdan pastroq
Qo‘shimcha qilamiz:
• Aleksandar Mitrovich «Fulxem» bilan Premyer-ligadagi so‘nggi ikki mavsumda boshi bilan atigi 2 ta gol urdi, ammo joriy mavsumda serb futbolchisi Chempionshipda kiritgan 35 ta golidan 11 tasini bosh bilan urgan. Bu ajoyib natija. Agar Mitrovichning ikkinchi ligadagi yutuqlarini chetlab o‘tsak, Jota uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi.
• Bu davr ichida Jota terma jamoasi tarkibida boshi bilan 5 ta gol urdi. Quyidagi ro‘yxatda hech kimda bunday natijani qayd etmagan.
• Premer-ligada 2 mavsumda faqat ikkita futbolchi boshi bilan portugaliyalik futbolchidan ko‘proq gol urdi - Dominik Kalvert-Lyuin (8) va Kristian Benteke (7). Jota «Liverpul»ning Premyer-liga doirasidagi bahslarda bosh bilan kiritgan gollari soni — 6 ta.
• Ha, Diogo quyidagi ro‘yxatdagi bo‘yi 180 sm dan past bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Qizig‘i, «Liverpul»ga o‘tishdan oldin Jota havodagi o‘yinlari bilan ajralib turmagan. U mersisaydliklar safiga o‘tishiga qadar butun faoliyati davomida boshi bilan bor-yo‘g‘i ikkita gol urgan bo‘lib, ikkalasini ham «Portu» tarkibida kiritgan.
Bu natijalardan portugaliyalik hujumchining o‘zi ham biroz hayratda:
«Bosh bilan gol urish uchun alohida ishlayapman, deb ayta olmayman. Shunchaki, shunday vaziyatlar sodir bo‘ladi: hatto «Arsenal»ga qarshi o‘yinda ham uch marta bosh bilan zarba berdim va ularning hammasi golga aylanishi mumkin edi. Ammo darvozabon bunga yo‘l qo‘ymagan. Imkoniyatlarning o‘zi keladi va ulardan foydalanish kerak.
Bolaligimda Portugaliya ligasi o‘yinlarini ko‘rib, hujumchilarning bosh bilan gol urganini ko‘p marotaba ko‘rganman. O‘shanda men o‘ylardim: «Men ham bosh bilan to‘p kiritishni xohlayman!» Nega bu men uchun o‘zgacha zavq berishini hech qachon tushunmayman, lekin hozir men gol uryapman va bu menga juda yoqadi», - deydi Jota.
Balki buning asosiy sababi jarima maydonchasidagi yuqori darajada ochilish va texnik ko‘rsatkichlardadir. «Liverpul»ning uslubini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi: jamoaning o‘yini asosan qanot himoyachilarining faolligiga asoslanadi - Trent va Robertson tez-tez to‘pni qanotdan jarima maydonchasidagi o‘yinchilarga uzatib berib, hujumchilarga imkoniyat yaratib beradi. Jotadan bir necha santimetr pastroq bo‘lgan Sadio Mane Klopp jamoasida 7 yil ichida boshi bilan 17 ta gol urdi. Demak «Liverpul»ning o‘yin uslubi ham futbolchilarga bosh bilan ko‘proq gol urish imkonini beradi.