Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Afsonaviy qaytishlar haqida bilib oling

Afsonaviy qaytishlar haqida bilib oling

Baho:
+ | -

Ular shunchaki butsasini devorga ilgisi kelmadi. Shunday futbolchilar borki, ular futboldan ketib, yana qaytgan. Qaytganda ham o‘zini yulduzga aylantirgan jamoasiga qaytadi. Bugun ana shunday nomlar haqida gap boradi.

Petr Chex

«Chelsi» afsonasi 2019 yilda «Arsenal» safida so‘nggi bor ko‘rinish bergandi. U «Emireyts» stadionidagi to‘rt yillik xizmatidan keyin, futboldan ketganini e’lon qiladi. Chex «Chelsi» bilan 11 yil davomida birga bo‘ldi va 4 marta mamlakat chempioniga aylandi. U jonajon klubiga qaytib, texnik maslahatchi rolini bajara boshladi. 39 yoshli Chex, 2020 yilda «Chelsi» safiga zaxiradagi darvozabon sifatida kiritilgan edi.

Pol Skoulz

«Old Trafford»ni tark etganidan olti oy o‘tib, Skoulz yana «qizil iblislar» safiga qaytadi. Fergyuson undan jamoaning yarim himoyasida katta muammolar borligida foydalana boshlaydi. O‘sha paytlarda Fil Jons hamda Fabio Silvalar jufligi markazni egallar edi. Skoulz esa har ikkisidan birining yo‘qligini sezdirmaslik uchun foydalaniladi. Futbolchi 2011-2012 yilgi mavsumda jami 21 ta o‘yin o‘tkazadi. O‘sha yili «MYU» ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Pol Skoulz keyingi mavsumda yana bir bor APL chempioni bo‘lishga erishgan. Keyin esa bemalol «nafaqa»ga chiqib ketadi.

Yoxan Kroyf

Niderland futbolchisi futbolga o‘ta kuchli muhtojlikdan qaytishga majbur bo‘lgan. 31 yoshli Kroyf o‘sha paytda futbolga qaytishi haqida shunday yozgandi: «Men cho‘chqa fermasiga pul tikib, millionlarni yo‘qotdim. Bu esa meni futbolga qaytishga majbur qildi». U o‘z nafaqasidan ko‘p o‘tmay, 1978 yilda yana futbolga qaytib, «Los Anjels Asteks» klubida o‘ynay boshlaydi. Hujumchi keyinchalik o‘z yurtiga qaytib, «Ayaks» hamda «Feyenoord» safida muvaffaqiyat qozondi. U 1984 yildagina futboldan butunlay ketgan.

Aryen Robben

Yana bir «uchar gollandlar»dan biri, «Chelsi»ning sobiq yulduzi Robbendir. U ham qaytish qilgan futbolchilardan. Ammo uning sababi insonga ko‘proq ta’sir qiladi. Robben 2020 yilda o‘zini tarbiyalagan klub bo‘lmish «Groningen» bilan bitim tuzgan. 37 yoshli futbolchi «Bavariya» safida katta yutuqlarga erishgandi. Ammo uning o‘z yurtidagi ishlari unchalik ham omadli bo‘lmadi. Robben bir mavsum davomida atigi 6 ta o‘yinda qatnashdi. U 2021 yilda qaytadan butsalarini mixga ilishga majbur bo‘ladi.

Yens Lemann

2008 yilda «Arsenal»ni tark etib, futboldan ketganini e’lon qilgan afsonaviy nemis futbolchisi, ikkinchi marta «to‘pchilar»ga yordamga keladi. U bir mavsumga 2011 yilda, Venger jamoasida zaxira darvozaboni vazifasini bajargan. 42 yoshli futbolchi asosiy posbon Almuniya mashg‘ulotlarda jarohat olgach, «Blekpul» bilan o‘yinda ishtirok etadi. O‘shanda «Arsenal» 3-1 hisobida g‘alaba qozonadi. Ammo Lemannga darvozani dahlsiz saqlab qolish nasib etmaydi.

Denilson

Braziliyalik mashhur futbolchi Denilson yaqindagina hammani hayratga solib, 44 yoshida futbolga qaytgandi. Sobiq «MYU» yulduzi bir paytlar jahonning eng qimmat futbolchisiga aylangan. Vinger orada 12 yillik tanaffusdan so‘ng, Braziliyaning pastki divizon jamoasi «Ibis» bilan shartnoma imzoladi. Denilson 1996-2003 yillar davomida 61 marta milliy terma jamoa safida harakat qilgan. U 2002 yilda Jahon chempionatida zafar quchgan edi. Denilson de Oliveyraning 1998 yildagi «San-Paulu»dan «Real Betis»ga 21,5 million funtga transfer qilinishi, uni eng qimmat futbolchiga aylantiradi...

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:18, 26.03.2022.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.