«Real»ning Mbappe va Xolandni qo‘lga kiritish uchun qilgan hiylasi oshkor bo‘lmoqda. Xo‘sh unda jamoa Kilian uchun 200 million yevro to‘lashga tayyormiz, deb yolg‘on gapirganmidi?
Ayni dam «qirollik klubi» har ikkala futbolchini ham qo‘lga kiritishlari mumkin. Ispaniyalik jurnalist Chirol Lopes «Real Madrid»ning taniqli insayderlaridan biri hisoblanadi. U asosan striming bilan shug‘ullanadi va matbuotda faqat mutaxassis sifatida ko‘rinish beradi, lekin aslida u El Chiringuitodagi mashhur teledastur mualliflaridan biri ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. U birinchi bo‘lib Serxio Ramosning «Real»dan ketishi haqida xabarlar tarqatgan edi. Madridda Raul va Alonso murabbiylik uchun asosiy da’vogar emasligini aytgan va hokazo.
Endi esa Lopes Kilian Mbappe va Erling Xoland haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi. Bir so‘z bilan aytganda, «Real» ikkalasini ham sotib olishni xohlaydi, lekin ataylab bu yo‘lda hammani chalg‘itishi mumkin.
• Xoland bilan kelishuv shaxsan Florentino Peres tomonidan amalga oshiriladi, shuning uchun ommaviy axborot vositalariga bu xabarlarning sizib chiqish imkoniyati kamroq. Muzokaralar tafsilotlari va borishi haqida faqat Peresning o‘zi va uning bir-ikki eng yaqin yordamchisi biladi xolos.
• Lopes qayd etadi: «Borussiya» bosh murabbiyi Xans-Yoaxim Vatske Peres bilan uchrashgan, Xolandning otasi haqiqatan ham Marbelyadan saroy sotib olgan. Bu albatta, niyatlarning jiddiyligini ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, jurnalistning ta’kidlashicha, «Real»ning o‘zi allaqachon Xoland bilan kelishuvga erishganini ham ta’kidlamoqda. Ammo ular faqat dastlabki muzokaralar xolos.
Norvegiyalikning xaridi butunlay Kilian Mbappening ehtimoliy transferiga bog‘liqligini unutmaslik kerak.
«Real Madrid» Mbappe uchun faqat bir taklif bilan chiqqan xolos. O‘tgan yozda «qaymoqranglilar» Kilian uchun 100,50 million yevro atagan edi. Biroq Madrid klubining PR bo‘limi jurnalistlarga 220 million yevro haqidagi maxsus ma’lumotlarni jo‘natgan, biroq aslida bunday takliflar bo‘lmagan. «PSJ» bunday ma’lumotlardan g‘azablandi, chunki ular Peres nimaga erishmoqchi ekanligini tushunishadi. Asl gap ham shu yerda: «Real Madrid» Mbappega har qanday holatda ham u bilan shartnoma imzolashga tayyorligini ko‘rsatib qo‘ydi – toki fransiyalik futbolchi parijliklar bilan bitimni yangilamasligi uchun. Madridliklar bundan bir-ikki yil oldin Kilianni sotib olmoqchi emas edi, chunki ular 100 milliondan ko‘proq to‘lashga tayyor bo‘lmagan. «PSJ»ga esa bu miqdor tabiiyki, yoqmagan.
Peres hattoki «PSJ» bilan muzokaralar olib borish uchun klub prezidenti bilan ham uchrashdi, 31 avgust kuni shoshilinch yig‘ilish ham bo‘lib o‘tdi, lekin aslida u yerda hech narsa muhokama qilinmadi. Bu «Real» tomonidan amalga oshirilgan bosimning ochiqcha ko‘rinishi edi. Madridliklar «PSJ»ning rad etishini anglab, Xose Anxel Sanchesni Parijga muzokaraga jo‘natgan. Agar «Real» o‘tgan yozda Mbappe uchun 200 million to‘laganida, yakunda Xoland uchun kurasha olmagan bo‘lar edi. Hozir esa Madrid klubi ikkala futbolchi uchun ham faol kurash olib bormoqda.
Xo‘sh, Peres nega bunday qildi?
«Real Madrid» rahbarining fikricha, agar shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchi uchun 200 milliondan ko‘proq pul talab qilinsa, bu «PSJ»ning mantiqiy omillardan ancha uzoqqa chiqib ketganini anglatadi. Parijliklar 2019 yildan beri «Real»ning Mbappega qiziqishidan xabardor, ammo uni klubda olib qolish uchun aytarli hech narsa qila olmayapti.
Shu boisdan ham o‘tgan yozda «PSJ» sport direktori Leonardo juda g‘azablangandi - braziliyalikning klubdagi taqdiri Mbappening kelajagiga bog‘liq. Agar Kilian yozda «Real»ga erkin agent sifatida ketsa, Nosir Al-Xelayfi uni iste’foga chiqarishi aniq.