Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Kristianning buyuk qaytishi

Kristianning buyuk qaytishi

Baho:
+ | -

Kunning eng yaxshi hikoyasi

Ushbu qiyin paytlarda barchamiz ijobiy va umid baxsh etadigan yaxshi hikoyalarga muhtojmiz. Aynan shunday voqea shanba oqshomida Amsterdamdagi "Yoxan Kroyf Arena"da sodir bo‘ldi. U yerda JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Niderlandiya va Daniya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Ammo bu holatda natija va ba’zi taktik tafsilotlar ikkinchi darajali.

Asosiy voqea - Kristian Eriksen o‘tgan yilning 12 iyunida bo‘lib o‘tgan dramadan beri birinchi marta yana Daniya terma jamoasi libosida maydonga tushdi. Bu 47-daqiqada Yesper Lindstremni almashtirganda sodir bo‘ldi. Bir daqiqadan so‘ng Eriksen gol urdi - bu uning futbolga qaytganidan keyingi birinchi goli.

Bu Amsterdamda, daniyalik o‘smirlik chog‘ida kelgan va to‘rt yil davomida o‘zining Yevropadagi buyuk karerasini boshlagan klub - "Ayaks"ning uy stadionida sodir bo‘lgani ramziy ma’noga ega. Aynan Amsterdam yoshlar jamoasi bilan Eriksen bir muddat mashg‘ulot o‘tkazdi va futbolga qaytishga tayyorlandi.

Va bularning barchasi Yevro-2020da sodir bo‘lgan dahshatli voqeadan to‘qqiz oy o‘tgach. Finlyandiyaga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi yakunida Eriksen yurak xurujiga uchradi. U hushini yo‘qotib, maydonga yiqildi. Yaxshiyamki, Daniya jamoasi shifokorlari Kristianning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Bir necha kundan so‘ng yarim himoyachiga yurakni nazorat qiluvchi kardioverter-defibrilator qurilmasi o‘rnatildi.

Dekabr oyi o‘rtalarida Eriksen o‘ynagan "Inter" futbolchi bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilganini e’lon qilgandi. Bu qarorga Italiya tibbiyot qonunchiligiga ko‘ra, A seriyada implantasiya qilingan yurak stimulyatori bilan o‘ynash taqiqlangani sabab bo‘ldi.

“Klub Krisni qo‘llab-quvvatlaydi va unga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilaydi. Eng yaxshi lahzalar, gollar va g‘alabalar, Skudetto bayrami paytida muxlislar bilan quchoqlashish – bularning barchasi "Inter" tarixida qoladi, shuningdek, klub va Kristian o‘rtasidagi mustahkam va ajralmas rishta", — deyilgandi "Inter"ning Kristian bilan xayrlashuv xabarida.

Eriksenning o‘zi futbolga qaytish va faoliyatini davom ettirish istagini bildirdi.
"Mening orzum – Daniya terma jamoasiga qaytish va yana "Parken"da o‘ynash. Men barcha muammolar o‘tmishda ekanligini va yana terma jamoada o‘ynashim mumkinligini isbotlamoqchiman", dedi u yanvar oyida Daniyaning DR telekanaliga bergan intervyusida.

Qishki transfer oynasining so‘nggi kunida Eriksen "Brentford" bilan shartnoma imzoladi - Angliyada yurak stimulyatori bilan o‘ynash uchun hech qanday qonuniy to‘siqlar yo‘q edi. Unga jamoaga qo‘shilib ketish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi, shuning uchun u birinchi o‘yinini 26 fevralgacha o‘tkazmadi va "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. U "Norvich" va "Byornli" bilan o‘yinlarni to‘liq o‘tkazgan va hatto bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Men juda baxtli odamman. O‘zim boshdan kechirganlarni boshdan kechirish va qaytish – ajoyib tuyg‘u. Hammasi shu yerda. Menga yordam bergan oilam, ota-onam, farzandlarim va bir qancha shifokorlar. Ularning boshidan kechirganlari men boshdan kechirganimdan ham og‘irroq", - dedi Eriksen "Nyukasl" bilan o‘yindan keyin. Kristian Eriksen shu tariqa hammaga sabr-matonat, futbol o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rsatib qo‘ydi.

Futbolni seving!

Kiritildi: 12:08, 27.03.2022.
O'qildi: 2161 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.