«PSJ» darvozaboni Keylor Navas o‘z uyida 30 nafar ukrainalik qochqinga boshpana berdi, deb xabar beradi.
35 yoshli kosta-rikalik muhtojlarga boshpana, oziq-ovqat va kiyim-kechak taqdim etgan. Qochqinlar uchun Navas uyida kinozal ham ajratdi.
Hozirda Navas Parijda emas: darvozabon Kosta-Rika terma jamoasi ixtiyorida, u bilan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashmoqda.