Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Flik: "Raqibga katta bosim o‘tkazdik"

Flik: "Raqibga katta bosim o‘tkazdik"

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xansi Flik Isroil termasiga qarshi kechagi o‘rtoqlik uchrashuvida jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Men qayd etilgan natijadan ham, ko‘rsatgan o‘yinimizdan qoniqdim. Biz juda dadil o‘ynadik va ularga katta bosim o‘tkazdik. Umuman olganda, jamoaning barcha chizig‘idan qoniqish hosil qilishimiz mumkin. Yigitlarim bu natijaga erishganlari uchun qilgan mehnatlari menga yoqdi. Standartlardan 8 o‘yinda 6 ta gol urdik - bu bilan faxrlansak bo‘ladi.

Shlotterbek penaltiga sabab bo‘ldi? Ushbu darajada siz 90 daqiqa davomida to‘liq diqqatni jamlashingiz kerak. Jahon chempionatidagi bunday xato halokatli bo‘lishi mumkin. Bungacha u juda yaxshi o‘ynagan.

Musiala? Bugun u juda ko‘p yaxshi daqiqalarni o‘tkazdi. U shunday o‘ynasa, doim “Bavariya” va terma jamoamiz uchun foydali bo‘ladi” - dedi Klik.

Kiritildi: 21:03, 27.03.2022.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик