Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Boburjon Akbarov: «Mashg‘ulotlarda kuchli mutaxassislar bilan ishlash futbolchi uchun foydali»

Boburjon Akbarov: «Mashg‘ulotlarda kuchli mutaxassislar bilan ishlash futbolchi uchun foydali»

Baho:
+ | -

«Surxon» himoyachisi va sardori Boburjon Akbarov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Bobur, Anxel Peres Lopes boshchiligidagi ispaniyalik murabbiylar shtabi bilan ishlash qanday?
— Ispaniyalik mutaxassislarning tayinlanishi haqidagi xabar menda katta qiziqish uyg‘otdi. Shaxsan bu mening faoliyatimdagi ikkinchi holat. Albatta, mashg‘ulotlarda shunday kuchli mutaxassislar bilan ishlash futbolchi uchun qanchalik foydali ekanini qayd etgan bo‘lardim. Murabbiylar shtabi Ispaniya La Ligasi va boshqa mamlakatlarda ishlagan katta tajribaga ega. Klubda ham, mashg‘ulotlar jarayonida ham o‘zgarishlar sezilarli bo‘ldi. Bu yaqin kelajakda o‘z samarasini berishiga ishonaman.

— Futbolchilar va murabbiylar shtabi turli tillarda gaplashishi mashg‘ulotlar jarayoniga to‘siq bo‘lmaydimi?
— Men uchun bu qandaydir to‘siq emas. Ammo boshqa futbolchilar murabbiylar talablariga tezda moslashib ketishdi. Til to‘sig‘i haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bizga Nodir aka (Yusupjonov – tarjimon), Elyor aka (Uzoqov – klub menejeri) faol yordam berishmoqda.

— Oldinda jamoani AGMKga qarshi Superliganing 4-tur uchrashuvi kutib turibdi. Jamoa chempionat favoritlaridan biri, ammo startda bu jamoa ko‘p ochko yo‘qotdi. Bunday «g‘azablangan» raqib bilan o‘ynash qanchalik qiyin bo‘ladi?
— Ayni damda ayrim jamoalarning kuchsizligi haqida gapirib o‘tirish yaramaydi. Endi barcha jamoalar yangi futbolchilar bilan kuchayib, mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishdi. Har bir klub o‘ziga xos tarzda kuchli va hozir favorit va autsayderlar reytingi yo‘q. AGMK milliy chempionatimiz peshqadamlaridan biri ekanligini hamma biladi. Biz har bir jamoaga qarshi yuqori tempda o‘ynashga va maydonda borimizni berishga tayyorlanamiz.

— Siz jamoa sardorisiz. Sardorlik bog‘ichini taqish sizga bosim o‘tkazadimi?
— Sardorlik bog‘ichini taqish hatto tajribali futbolchidan ham katta mas’uliyat talab qiladi. Men allaqachon boshqa jamoalarda sardor bo‘lganman va bu qanchalik muhim va mas’uliyatli ekanini tushunaman. Futbol maydonida va undan tashqarida siz yosh yigitlarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Sardor bo‘lish xuddi maydonda murabbiy bo‘lishdek. Uchrashuv davomida murabbiyning fikrlarini yigitlarga to‘g‘ri yetkazish kerak. Ayni paytda sardorlik bog‘ichini taqish men uchun juda sharaf va «Surxon»dek jamoa sardori ekanligimdan faxrlanaman.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 09:17, 28.03.2022.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.