Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Batistuta katta miqdorda soliq to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda

Batistuta katta miqdorda soliq to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta moliyaviy muammolarga duch keldi.

Clarin nashri ma’lumotlariga ko‘ra, uning bank hisoblari muzlatilgan, Argentinadagi qimmatli qog‘ozlari va ko‘chmas mulklariga taqiq qo‘yilgan.

U umumiy qiymati salkam 4 million peso soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda. U soliq to‘laganida, jarima ham to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu umumiy summaning 15 foizi hisoblanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy soliqlar ham bor.

Argentina pandemiya davrida badavlat fuqarolar uchun maxsus ijtimoiy soliq joriy qildi.

2019 yilda Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta to‘pig‘ida yuzaga kelgan muammo sababli, protez qo‘ydirgandi.

Batistuta Yevropada Italiyaning «Fiorentina», «Roma» va «Inter» klublarida o‘ynagan. Terma jamoa tarkibida 77 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta gol urgan, ikki marta Amerika kubogini, bir marta Konfederasiyalar kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 01:26, 31.03.2022.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.