Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ana, xolos! Forma emas, reklama maydoni: bitta futbolkada 36ta logotip

Ana, xolos! Forma emas, reklama maydoni: bitta futbolkada 36ta logotip

Baho:
+1 | -

Amerika jamoalari hech qachon o‘z formasiga homiylar ramzini tiqishtirib yuborishdan uyalmagan. Ammo Braziliyaning «Kaskavel» klubi bu borada chegaradan o‘tib ketdi. Futzal bo‘yicha mam-lakatning amaldagi chempioni sanalgan ushbu jamoaning yangi mavsum uchun taqdim etgan futbolkasida logotiplar soni shu qadar ko‘pki, ularni bir-biridan ajratish qiyin.

Umuman, «bechora» formada bo‘sh joyning o‘zi yo‘q. Aftidan, «Kaskavel» rahbariyati butun reklama bozori pulini o‘zlashtirishni xohlaydi, chog‘i.

Braziliya klubi rahbarlariga qoyil qolish kerak. Ular homiylarni logotiplar umumiy «manzara»da yo‘qolib qolmasligiga qanday ishontirishgani ajablanarli, albatta. Footy Headlines sayti xodimlari erinmay sanab chiqishdi - libosda 36ta brend logotipi bor. Hattoki, shortining orqa tarafi ham tasvirlarga to‘la.

«Kaskavel»ning uy o‘yinlariga mo‘ljallangan libosi yuqori va pastki qismida qizil hamda ko‘k chiziqlar bor. Sotuvga chiqarilgan liboslarda esa chiziqlar olib tashlangan, homiylar uchun joy bo‘shatish uchun, albatta. Raqam esa pastki burchakda yashiringan. Shortining old va yon tomonlarida kamida 9ta logotip bor. Meinerz firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bu futbolkalar klubning rasmiy sayti orqali 79,9 real (taxminan 1700 rubl)dan sotiladi. Erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan formalar alohida, ammo homiylar lotiplaridan xolisi yo‘q. Ha, muxlislar bunday formada yurishdan xursand bo‘lmasalar kerak, ammo kolleksionerlar tomonidan qiziqish juda katta.

So‘z

- Meinerz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘­yishda muxlislarni hisobga oldik. Chunonchi, milliy ligadagi g‘alaba ortidan jamoamiz mashhurligi Parana shtati chegarasidan oshib, butun Braziliyaga yoyildi. Shunday ekan, formamizni mamlakat bo‘ylab tarqatish imkoniyatidan xursandmiz. Jefferson Zini («Kaskavel» prezidenti).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:52, 31.03.2022.
O'qildi: 4099 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик