Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Amirjan Mukanov: «Bu — tarkib va o‘yin borasida men ko‘rgan eng yaxshi O‘zbekiston terma jamoasi»

Amirjan Mukanov: «Bu — tarkib va o‘yin borasida men ko‘rgan eng yaxshi O‘zbekiston terma jamoasi»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha Qirg‘iziston milliy jamoasi bosh murabbiyi Amirjan Mukanov O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinlari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tkazilgan har ikki bahsda o‘zbekistonliklar 4:2 va 2:1 hisoblarida g‘alaba qozonishdi.

"Birinchi o‘yinni biz sust boshlagan bo‘lsak, raqib o‘zini "mezbonlarcha" tutdi, pressing ishlatdi. Ushbu vaziyatdan, raqib pressingidan chiqib keta olmadik. Faqatgina 8-daqiqaga kelib o‘yinni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik. Birinchi taym 1:1 hisobi bilan yakunlandi, ammo O‘zbekiston kichik ustunlikka erishdi. Ikkinchi taymda esa Abdildayevning xatosi evaziga ikkinchi golni o‘tkazdik. Biz ko‘p qarshi hujumlar uyushtirdik, tajovuzkor o‘yin namoyish eta boshladik. Uchrashuv qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tdi. Ammo raqib o‘z imokniyatlaridan samarali foydalanib, yana 2ta gol urdi. Shunga qaramay, biz bosim o‘tkazishda davom etdik va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldik — 4:2.

Ikkinchi bahsni esa yaxshiroq o‘tkazdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda jiddiy ustunlikka erishib, ko‘p vaziyatlar yaratdik. Bu bahsda durangga erishganimizda haqqoniy natija bo‘lardi.

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etgani ularga kuchli ishtiyoq bergan. Ular jahonning yetakchi jamoalari bilan ko‘p o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishdi: Portugaliya, Argentina, Fransiya. O‘zbek futzalchilari o‘zlariga juda ishonishgan, ularni mag‘lub etish oson emas. Bu — tarkib va o‘yin borasida men ko‘rgan eng yaxshi O‘zbekiston terma jamoasi.

Mazkur o‘yinlar har ikki tomon uchun foydali bo‘ldi. 10 aprel sanasiga eng yaxshi formada yetib kelish uchun ishlashda davom etamiz", — dedi Mukanov.

Manba: kfu.kg
Kiritildi: 21:46, 31.03.2022.
O'qildi: 2456 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.