Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Slavche Voyneski: "G‘alabani juda istagandik va buni uddaladik"

Slavche Voyneski: "G‘alabani juda istagandik va buni uddaladik"

Baho:
+ | -

"Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Sherlar" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Avvalo, futbolchilarimni tabriklayman. O‘yin qiyin o‘tdi. Har tomonlama charchadim. Hayajonli bahs bo‘ldi. Bugungi uchrashuvni nazorat qilib bordik. To‘p nazorati biz tomonda bo‘ldi. Yakunda kiritilgan gol orqali g‘alaba qozondik.

Ixtiyorimizda 12-13 nafar futbolchi bor edi. Sakkiz nafar o‘yinchi terma jamoalar safida bo‘ldi. "Navbahor"ga qarshi o‘yinga to‘liq tarkib bilan tayyorlana olmadik. Bu bizga pand berishi mumkin edi. Qishki yig‘inlarda olib borgan taktik mashg‘ulotlarimiz ish berdi. Biz g‘alabani istagandik va yakunda buni uddalay oldik. Bundan xursandman.

O‘yin oxirida yuz bergan holatlar dilimni hira qildi. Bunday janjallar, mushtlashuvlar professional futbolchilarga xos bo‘lmagan jihat hisoblanadi. G‘alaba qozondingmi, mag‘lub bo‘ldingmi - buni qabul qila olishing kerak.

Bilaman, biz ham hali Namanganga boramiz va u yerga boshni tik tutgan holda borishimiz kerak. Umid qilamanki, bunday vaziyatlarga federasiya ham munosabatini bildiradi. O‘yin ajoyib bo‘ldi, atmosfera ham yuqori edi. Faqat bahs tugagach bunday holatlar qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi.

Zaxiradan o‘yinchilarni maydonga tushirish ham reja. Biz g‘alaba qozondik. Demak, bu to‘g‘ri qaror edi. Masalan o‘yin yakunida barcha 5 ta o‘zgarishni amalga oshirishim ham mumkin edi.

"Nasaf" va "Navbahor"ni taqqoslashni to‘g‘ri deb hisoblamayman. "Nasaf"ga qarshi faqatgina bitta o‘yindan iborat bahsda o‘ynadik. Jamoa chempionat o‘yinida boshqacharoq o‘ynagan bo‘lardi. Shuning uchun bu savolga to‘liq javob bera olmayman.

Kiritildi: 23:31, 01.04.2022.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.