Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

80-yillar yulduzlarini eslab...

80-yillar yulduzlarini eslab...

Baho:
+ | -

O‘tgan asrning 80-yillari sobiq ittifoq futboli jahon arenalarida o‘z o‘rniga ega edi. Deylik, olimpiya termasi Seuldan oltin medal bilan qaytgan, milliy jamoa esa Yevro-88da kumush medalni qo‘lga kiritgan. Umuman, o‘sha vaqt sobiq ittifoq jamoasi JCHda muntazam ishtirok etardi. Qolaversa, Kiyev va Tbilisining «Dinamo» klublari Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan. Bizdagi katta avlod muxlislari ham o‘sha davrning mislsiz buyuk iste’dodlari o‘yinlariga oshufta bo‘lishgani rost. Shuni hisobga olgan holda, bu safargi maqolamiz shubhasiz, sobiq ittifoq futbolining oltin davri - 80-yillar yulduzlariga bag‘ishladik. Hozircha birinchi qism - e’tiborni Kiyev va Tbilisi «dinamochi»lariga buramiz.

Oleg PROTASOV

O‘sha vaqt: «Dnepr» va «Dinamo» K. hujumchisi

Hozir: 58 yosh, Ukraina futbol assosiasiya­si vise-prezidenti

1987 yili sobiq ittifoqning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan sobiq hujumchi 6 yildan buyon Ukraina futboli manfaati yo‘lida mehnat qilmoqda. Protasov bunga qadar, ya’ni boshqaruv tizimiga o‘tishidan oldin 15 yil davomida murabbiylik qildi. Shundan so‘ng ma’lum muddat Ukraina termasi texnik direktori lavozimida faoliyat yuritgach, 2018 yili hozirgi ishiga kirishdi. Ayni payt o‘z vaqtining dongdor goleadorida murabbiylik sohasiga qaytish niyati yo‘q.

 

Vladimir BESSONOV

O‘sha vaqt: «Dinamo» K. yarim himoyachisi

Hozir: 64 yosh, ishsiz

Afsuski, Rossiya - Ukraina mojarosi futbol afsonalari hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, sobiq ittifoq terma jamoasi libosida 79 marta maydonga tushgan Vladimir Bessonov qo‘liga qurol olishga majbur bo‘ldi. Orada Kiyev «Dinamo»sida sport direktori vazifasini bajargan sobiq yarim himoyachi avtomat ushlab turgancha videomurojaat yo‘lladi. Bu o‘tgan asrning 70-90-yillari futbolga muxlislik qilganlar uchun - haqiqiy dard.

 

Oleg BLOXIN

O‘sha vaqt: «Dinamo» K., «Forverts» va «Aris» hujumchisi

Hozir: 69 yosh, Ukraina futbol assosiasiya­si Strategik rivojlantirish kengashi va Terma jamoalar qo‘mitasi raisi

Sobiq ittifoq terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar faoliyatini yakunlagach, o‘zini murabbiylik yo‘nalishiga urdi. Biroq zo‘r hujumchidan yaxshi murabbiy chiqmadi - futbolchilar uning og‘ir fe’l-atvori va asossiz talablaridan shikoyat qilishdi. Zero, Bloxin shogirdlarini o‘z darajasi bilan taqqoslashni xush ko‘rardi. Xullas, 2014 yilning aprel oyida Kiyev «Dinamo»sidan iste’foga chiqqan Bloxin murabbiylikka boshqa qo‘l urmadi. Oxirgi 10 yillikning o‘rtalarida esa afsonaning salomatligida jiddiy muammolar kuzatildi - mikroinsult. Deylik, o‘tmish qahramoni CHL-2017|2018 finalini nogironlar aravachasida kuzatdi. Muhimi, hammasi ortda qoldi, Bloxin hozir o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda. 2021 yildan esa Ukraina futbol assosiasiya­sida ishlamoqda.

 

Ivan YAREMCHUK

O‘sha vaqt: «Dnepr», SKA K. va «Dinamo» K. yarim himoyachisi

Hozir: 59 yosh, ishsiz

Taqdir ekan, Kiyev «Dinamo»si afsonasining futboldan keyingi hayoti uncha o‘xshamadi. Har holda, qimor o‘yinlariga berilgan Yaremchuk bor-budidan ayrildi. Aytishlaricha, Ivan chamasi million dollar (jumladan, xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho avtomobili va Kiyev markazidagi shinam kvartirasi)ni «havoga sochgan». Yaxshiki, Yaremchuk keyinchalik yomon illatdan forig‘ bo‘lishga kuch topdi, ammo avvalgi to‘kin hayotini tiklay olmadi. Ayni payt sobiq futbolchida shaxsiy uyi ham yo‘q. Ba’zan poker o‘yinlarida qatnashadi, yana faxriylar o‘rtasidagi futbol bahs­larida ham. Yaremchuk vaqtida murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin edi - o‘zining aytishicha, Poltava «Vorskla»sidan jiddiy taklif olgandi. Biroq u o‘sha payt hayotini Kiyevdagi kazinolarsiz tasavvur qilolmasdi.

 

Sergey BALTACHA

O‘sha vaqt: «Dinamo» K. va «Ipsvich» himoya­chisi

Hozir: 64 yosh, «Charlton Atletik» akademiyasi murabbiyi

Yevro-88 kumush medali sovrindori Kiyevdan Angliyaning «Ipsvich» jamoasiga yo‘l oldi va futbolchilik faoliyatidan so‘ng Buyuk Britaniyada muqim yashab qolishga qaror qildi. Avvaliga Shotlandiyaning «Sent-Mirren» klubi bosh murabbiyi assistenti rolida ishlagan Baltacha ko‘p o‘tmay, yoshlarni shug‘ullantirishga kirishdi. Jumladan, 2001-2008 yillar oralig‘ida «Charlton» akademiyasida faoliyat yuritdi, keyin 4 mavsum «Chelsi» tizimida ishladi. 2012 yili «Charlton»ga qaytgan ukrainalik mutaxassis shundan buyon U-14 - U-18 jamoalari futbolchilarining texnik salohiyatini ko‘tarish bilan band.

 

Aleksandr CHIVADZE

O‘sha vaqt: «Dinamo» Tb. himoyachisi

Hozir: 66 yosh, Gruziya futbol federasiyasi prezidenti maslahatchisi

Vaqtida «professor» laqabini olgan Tbilisi «Dinamo»si afsonasi butsalarini mixga ilgach, o‘z bilimini Gruziya futboli ravnaqiga sarflashni lozim topdi. Deylik, jami 7 yil mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladi, qisqa muddat futbol federasiyasiga rahbarlik qildi. Chivadze shuningdek, 2012-2015 yillar oralig‘ida Gruziya yoshlar termasini shug‘ullantirdi. U shundan so‘ng boshqaruv tizimiga qaytib, Gruziya futbol federasiyasi prezidenti Levan Kobiashvilining rasmiy maslahatchisiga aylandi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:09, 02.04.2022.
O'qildi: 2664 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.