Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

APL. Bugun Salah o‘zining eng sevimli klublaridan biriga qarshi bahs o‘tkazadi

APL. Bugun Salah o‘zining eng sevimli klublaridan biriga qarshi bahs o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi tanaffusdan so‘ng yana qaytmoqda.

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:30da «Liverpul» va «Uotford» jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan Angliya chempionati 31-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Mazkur bahs boshlanishiga ham oz qoldi. Asosiy tarkiblar ma’lum qilinguniga qadar bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etamiz.


Bilasizmi?

Bugun «Liverpul» 3 ochko qo‘lga kiritsa yoki durang natija qayd etsa, bugun «Siti» va «Byornli» uchrashuvi boshlanguniga qadar Angliya chempionati jadvalida yetakchiga aylanib oladi.

Ayni vaqtda «Liverpul» va "Manchester Siti" jamoalari 29 uchrashuvdan keyin mos ravishda 69 hamda 70 ochko jamg‘arishgan. To‘plar nisbatiga ko‘ra ustunlik mersisaydliklar tomonida.

«Liverpul»ning ayni vaqtdagi asosiy yulduzi Muhammad Salah APL doirasidagi «Uotford»ga qarshi 7 bahsda 11 golda ishtirok etgan (9 gol va 2 assist). Misrlik vinger «sariqlar»ga qarshi har 57 daqiqada gol yoki assisy qayd etmoqda. Bu musobaqa tarixida bir raqibga qarshi bahsda (kamida 600 daqiqa o‘yin) eng sermahsul to‘rtinchi natija hisoblanadi. Statistikaga nazar soladigan bo‘lsak, Salah «Uotford» uchun eng noqulay va xavfli futbolchi hisoblanadi.

«Uotford» klubi Roy Xojson boshqaruvidagi 6 APL safar o‘yinida 8 ochko jamg‘ardi (ikkitadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat). Bu ularning musobaqadagi oldingi 17 safar bahsida qayd etgan natijasi bilan bir xil (2 g‘alaba, 2 durang, 13 mag‘lubiyat). Jamoa o‘tgan turda «Sautgempton»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, ammo 2017 yilning sentyabr (qatorasiga uchta g‘alaba) oyidan beri ketma-ket APL safar bahslarida g‘alaba qozona olmayapti.

«Uotford» o‘yinchisi Kucho Ernandes Premyer-Liga doirasidagi so‘nggi 3 uchrashuvida 4 golda bevosita qatnashdi. Bu uning musobaqadagi dastlabki 19 o‘yinda qayd etgan natijasidan (2 gol va 1 assist) ko‘proq degani.

 

Bahs rasmiylari

Bugungi uchrashuvni Styurat Atuell boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boshqarib borishadi.

Bosh hakam: Styuart Atuell

Qanot hakamlari: Mark Perri, Timoti Vud

Zaxira hakami: Toni Xarrington

VAR: Jon Bruks

VAR yordamchisi: Saymon Bennet

 

Jamoalarning Angliya chempionati doirasdagi oxirgi 5 uchrashuvida «Liverpul» 4 marotaba g‘alaba qozongan va bitta bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ygan. O‘sha o‘yin 2020 yilning 29 fevral kuni o‘tkazilgandi.

16.10.2021

«Uotford» 0:5 «Liverpul»

 

29.02.2020

«Uotford» 3:0 «Liverpul»

 

14.12.2019

«Liverpul» 2:0 «Uotford»

 

27.02.2019

«Liverpul» 5:0 «Uotford»

 

24.11.2018

«Uotford» 0:3 «Liverpul»

«Uotford» 29 bahsdan keyin 22 ochko to‘plagan holda APL jadvalining 18-o‘rnida bormoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:45, 02.04.2022.
O'qildi: 1774 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.