Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Berdiyev: "Nasrullayevning jarohati dilni xira qildi, Abdurahimov mening uslubimga mos keladi, OCHLda bor kuchimizni ishga solamiz"

Berdiyev: "Nasrullayevning jarohati dilni xira qildi, Abdurahimov mening uslubimga mos keladi, OCHLda bor kuchimizni ishga solamiz"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Lokomotiv" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- O‘yindan oldin bizda xavotir bor edi. Bugungi o‘yinni qiyin bo‘lishini bilardik. Chunki, kuchli jamoani maydonida o‘ynadik. Ko‘plab futbolchilarimiz yaqinda yig‘inlardan qaytishgandi, shuning uchun yigitlarimizning umumiy holatlari xar-xil edi. Shu sababli, biroz xavotirda edik. Biroq, bugun uch ochkoni ko‘zlab maydonga chiqqandik va maqsadimizga erishdik. "Lokomotiv"da ham imkoniyatlar bo‘ldi. Kim birinchi gol ursa - o‘sha g‘alaba qozonadigan o‘yin bo‘ldi. G‘alabadan xursandmiz-u, lekin, o‘yin oxirida Sherzod Nasrullayevning jarohati ko‘ngilni xira qildi. Uning tezroq maydonga qaytishini kutib qolamiz.

- Sherzod Nasrullayevning jarohati haqida batafsilroq ma’lumot bersangiz.

- Hujumga qo‘shilayotganida noqulay yiqildi. Bilishimcha, yelkasidan jarohat oldi. O‘tgan yili ham Xusniddin Aliqulovda ham shunday bo‘lgandi. Mengacha yetib kelgan ma’lumotga qaraganda, jarohati jiddiy ekan.

- U holda Sherzod jamoa bilan OCHL o‘yinlariga birga ketmaydimi?

- Bugun va erta Toshkentda bo‘lamiz. Uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz va holatiga qaraymiz. Agar hammasi joyida bo‘lsa olib ketamiz. Balki, jarohati bo‘lsa ham jamoa bilan birga bo‘lishi uchun olib ketarmiz.

- Bugun markaziy himoyada o‘ynagan futbolchilarning harakatini qanday baholaysiz?

- Birinchi bo‘limda himoyadagi xatolar menga ham ko‘rindi. Shuning uchun tanaffusda yigitlarga bunday vaziyatlarda e’tiborliroq bo‘lishlarini aytdim. Ikkinchi bo‘limda xatolar kamaydi. "Lokomotiv" futbolchilari markaziy himoyachilarimizning xatolarini anglab, uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildi. Raqibning afrikalik futbolchisining tezligi yaxshi ekan, shu sababli, u ham vaziyatlar yarata oldi.

- Bahrom Abduraximov "Nasaf"dan ketganidan keyin o‘yini yo‘qoldi, o‘zi yo‘qoldi. Maydonda uni umuman tanib bo‘lmay qolgandi. Yana "Nasaf"ga qaytib kelgach o‘yini ochilib ketdi. Buning sababi nimada?

- Futbolchilarning ruhiy taraflama qo‘llab-quvvatlaymiz. Bahromning o‘yin uslubi bizning uslubimizga to‘g‘ri keladi. Yigitlarga doim to‘pni nazorat qilishni uqtiraman. Shuning uchun Abduraximov bizda juda mos keladi. Balki, u avval ishlagan murabbiylarning uslubiga tushmagandim. Ammo u bizdan ketib chempion bo‘ldi, qaytib kelib Kubokni biz bilan qo‘lga kiritdi, shu sababli Baxromni bizga ko‘p foydasi tegadi. Asosiysi u to‘p bilan juda yaxshi harakat qiladi. Bir vaqtlar Cheran bilan ajoyib tandem hosil qilishgandi. Biz Bahromga ishonishda davom etamiz, uning texnikasi va tajribasi biz uchun juda muhim.

- Abduraximov yanada o‘sishi mumkinmi?

- Borini siqib chiqaryapmiz. Bundan ortig‘i bo‘lmasa kerak (kuladi). Yoshi ham 32 ga kirib qoldi. Lekin bizning futbolda u darajadagi futbolchilar hali kerak.

- OCHL oldidan fikrlaringiz?

- Bugun va ertaga Toshkentda bo‘lamiz. Ertadan keyin "Paxtakor" jamoasi bilan birga charter reysi orqali Saudiya Arabistoniga uchamiz. Birinchi uchrashuvimiz 8 aprel kuni "Al Sadd" jamoasiga qarshi bo‘ladi. "Al Sadd" haqida ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yo‘q. U Osiyonining eng grand jamoalaridan biri. Qatar terma jamoasining deyarli barcha a’zolari o‘sha klubda o‘ynaydi. Bu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Jamoamiz ko‘p narsaga qodir, buni o‘zim ham bilaman. Shuning uchun jamoaning imkoniyatidan maksimal foydalanishga harakat qilaman.

- Yana hozir Sherzod yodimga tushdi. Uning yo‘qligi bilinadi. O‘tgan yili ham "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan keyin beshta uchrashuvga chetlatilganida ham qiyinchilikka duch kelgandik. Bu natijaga ham salbiy ta’sir qilgandi, Toshkentda o‘tkazilgan uchta o‘yinda bitta ochko olgandik" - dedi Berdiyev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:13, 02.04.2022.
O'qildi: 2437 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.