Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Yulian Nagelsmann uchun noxush xabar. David Alabadan sirli qo‘ng‘iroq. «Bavariya» futbolchisi Gnabri haqida

Yulian Nagelsmann uchun noxush xabar. David Alabadan sirli qo‘ng‘iroq. «Bavariya» futbolchisi Gnabri haqida

Baho:
+ | -

«Bavariya» ustozi Yulian Nagelsmann nemis klubining transfer siyosatidan norozi bo‘lmoqda.Futbolchi Serj Gnabrining myunxenliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ammo futbolchi uni uzaytirishni istamasligi haqidagi mish-mishlar kundan-kunga ko‘paymoqda. Bu esa klub ustozining xafsalasini pir qilgani aniq.

Nemis matbuotining ta’kidlashicha, Serj «Bavariya»da ko‘proq maosh olishni xohlaydi. Qolaversa, ayni paytda Serj jamoadoshlari Kingsli Koman va Leroy Sanedan kamroq maosh oladi. Shu sabab 26 yoshli vinger bonuslar bilan hisoblaganda bir yilga 15 million yevro talab qilmoqda. «Bavariya» o‘z navbatida futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti, ammo ular bunday shartnoma shartlariga rozi bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun yozda Gnabrining «nemis mashinasi» safini tark etish ehtimoli juda yuqori.

«Real»

Sport Bild nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan yozda «Bavariya»dan «Real»ga o‘tgan David Alaba Gnabrining Madrid klubiga o‘tishi uchun vositachilik qilishga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, Myunxen klubi yozda Serj bilan  shartnoma borasida kelisha olmasa, uni sotishga qaror qiladi. Futbolchini bu variant qoniqtirmayapti. Sababi u 2023 yilning yoziga qadar «Bavariya» sharafini himoya qilishni istamoqda

Shuningdek, Gnabri maoshdan tashqari, jamoadagi o‘rnidan ham ko‘ngli to‘lmayotgani qayd etilgan. Nagelsmann unga butun qanotni bo‘shatib berib, Serjni hujumda ham, himoyada ham o‘ynatishi futbolchiga ma’qul kelmayapti. Serj ko‘proq vinger pozisiyasida o‘ynashni va tez-tez maydon markazida ham harakat qilishni istaydi.

«Arsenal»

Faoliyatining boshida Gnabri Germaniyada oltita akademiyasida o‘ynaganva 2011 yilda futbolchi Angliyaga ko‘chib o‘tdi. U «Arsenal» akademiyasiga qabul qilindi va 2012 yilga kelib u London klubinings asosiy jamoasida debyut qildi. Serj 2016 yilgacha «kanonirlar» sharafini himoya qildi va bu vaqt ichida nemis futbolchisi «Vest Bromvich» tarkibida ijara asosida o‘ynadi. U «Arsenal» safida atigi 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. Gnabri tizzasidan olgan jarohati tufayli soyada qolib ketdi va 2016 yilning yozida u «Verder»ga sotib yuborildi.

Endilikda, Britaniya OAVlarining yozishicha, London klubi Serjni qaytarish haqida o‘ylamoqda. Ta’kidlanishicha, «kanonirlar» uning transferi uchun taxminan 75 million yevro to‘lashga tayyor. Gnabri ketganidan so‘ng har doim o‘zining sobiq klubi haqida iliq gapirar, «Arsenal» futbolkalaridagi suratva videolarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylar edi. Mavsum oxirida «kanonirlar»ning Chempionlar ligasiga kirishi mumkinligi Serjni qaytishga ishontirishi mumkin.

Matbuotda vingerga «Barselona», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu klublar haqida hech qanday tafsilotlar va qiziqarli yangiliklar yo‘q, faqat qiziqish bildirgani aytilgan.

Serj to‘xtamayapti...

Bu mavsumda Gnabri kelajak bilan bog‘liq noaniq vaziyatda va noqulay pozisiyalarda to‘p tepayotganiga qaramay, doimiy ravishda yuqori natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda. Serj barcha musobaqalardagi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Bavariya» hujumiko‘pincha Serjga bog‘liq bo‘lib, u o‘yinning istalgan soniyasida qanotni o‘zgartira oladi, bosimni kuchaytiradi va xavfli hujum tashkil qila oladi.

Yaqinda «Bavariya»ning afsonaviy himoyachisi Markus Babbel Gnabri haqida xushomadgo‘y gapirib, futbolchining jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi:

«Umid qilamanki, Gnabri «Bavariya»da qoladi. Hozir barcha nemis OAVlari Levandovski, Myuller va Noyyer haqida gapirishmoqda, lekin ular Serjni ham jamoadan ketishi mumkinligi haqida aytishmoqda, chunki futbolchining shartnomasi 2023 yilda tugaydi. Men u klub bilan yangi shartnomaimzolamasligidan juda xavotirdaman.

Uning qanday futbolchi ekanligi menga ma’lum. Gnabri nafaqat vaziyatlar yaratib, uzatmalarni amalga oshiradi, balki gol ham uradi. Bu pozisiyada harakat qiladigan futbolchilar ko‘p gol urmaydi va Serj mavsumda 10-15 golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ya oladi».

Gnabri — fantastik futbolchi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Uning keyingi manzili qayer bo‘lishini yaqin kunlarda bilib olamiz.

Kiritildi: 13:08, 03.04.2022.
O'qildi: 4443 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.