Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Lyakazett Salohning o‘rnini egallashi mumkin

Lyakazett Salohning o‘rnini egallashi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» shu yozda erkin agentga aylanadigan «Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazettni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar beradi The Mirror.

Kataloniyaliklar uni arzonroq variant sifatida ko‘rishmoqda, chunki ular «Liverpul» vingeri Muhammad Salohning transferidan voz kechishi mumkinligi aytilmoqda. «Qaymoqranglilar» rahbariyatilarining fikricha, Pyer-Emerik Obameyangning «kanonirlar»dagi sobiq jamoadoshi Xavi boshchiligidagi jamoani yanada kuchaytira oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Lyakazett joriy mavsum «Arsenal»ning APL doirasidagi 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 gol va 7 golli uzatma muallifiga aylangan.

Kiritildi: 13:24, 03.04.2022.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик