Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

17 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat 16 nafar futbolchilar

17 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat 16 nafar futbolchilar

Baho:
+ | -

17 yoshgacha bo‘lgan dunyodagi eng iqtidorli 16 nafar futbolchi haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin. Ma’lumot o‘rnida, reyting Transfermarkt tomonidan tuzilgan.

17 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng qimmat 16 nafar futbolchisi:

14-16. Sergey Pinyayev (Rossiya / «Krilya Sovetov»), Jakil Marshall-Ratti (Kanada / «Toronto»), Antonio Nusa (Norvegiya / «Bryugge») – € 1,5 mln

17 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilardan yana kimning narxi bir xil yoki undan yuqori? 14-16-o‘rinlarni Pinyayev, Jakil Marshall-Ratti va Antonio Nusa bo‘lishib turibdi. Marshall-Ratti kanadalik  bo‘lib, «Toronto»ning qanot himoyachisi hisoblanadi. Jakil Amerika chempionatida hozirgacha 16 o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Antonio Nusa norvegiyalik futbolchi hisoblanadi. Ammo uning asli kelib chiqishi nigeriyalik hisoblanadi. Nusa qanot hujumchisi sifatida o‘ynaydi. Yigitcha Norvegiya chempionatida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi (13 o‘yinda uchta gol urdi) va «Bryugge»ga 3 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. Pinyayev «Krilya Sovetov»)da hujumchi pozisiyasida o‘ynaydi. U hozirgacha klubi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan.

13. Nikolas Siri (Urugvay / «Montevideo») — € 1,6 mln

Urugvaylik Nikolas Siri 1,6 million yevrodan biroz kattaroq summaga  baholangan. U hujumchi sifatida o‘ynaydi va o‘tgan yozda «Danubio»dan «Montevideo Siti»ga 3,1 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. U «Boston River» bilan o‘yinda 3 ta gol urdi va professional darajada xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. 3 ta gol urish orqali Nikolas Diyego Maradona va Pelening Janubiy rekordlarini yangiladi.

9-12. Pyer Dvomo (Belgiya / «Antverpen»), Zidan Sertdemir (Daniya / «Bayer-04»), Matis Tel (Fransiya / «Renn»), Paul Vanner (Germaniya / «Bavariya») — € 2 mln

Keyingi o‘rinlardan 2 million yevrolik futbolchilar ro‘yxati joy oldi. Bu tarkibida Pyer Dvomo, Zidan Sertdemir, Matis Tel va Paul Vanner kabi futbolchilar bor. Dvomo markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi. 2021 yil avgust oyida «Antverpen» uni «Genk»dan atigi 2 million yevroga sotib oldi. Pyer allaqachon bu jamoa safida 12ta o‘yin o‘tkazgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sertdemir ismi taxmin qilganingizdek, Zinedin Zidan nomiga atab qo‘yilgan. Daniyalik futbolchi maydon markazida o‘ynaydi. Bir yil oldin yigit Germaniyaga jo‘nab ketdi: «Bayer» Sertdemirni 2,5 million yevroga sotib oldi. U allaqachon Leverkuzenning asosiy jamoasi safida uchta o‘yin o‘tkazgan va klub tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi.

Matis Tel endigina 16 yoshda. Qanot hujumchisi «Renn» safida sakkizta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol ura olmadi. U jamoasi tarixidagi eng yosh debyutant - Eduardo Kamavinga rekordini yangiladi.

«Bavariya» futbolchisi Vanner ham bor-yo‘g‘i 16 yoshda. Yigitcha bu mavsum nemis top-klubi safida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Paul Avstriyada tug‘ilgan bo‘lib, uning otasi Klaus Avstriyaning  «Lustenau» jamoasida to‘p tepgan.

8. Ilias Akomax (Ispaniya / «Barselona») – € 3 mln

 

Muxlislarga yaxshi bo‘lgan «Barselona» futbolchisi Ilias Akomaxning narxi 3 million yevroga baholanmoqda. Asli marokashlik bo‘lgan ispaniyalik futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklar safida uchta o‘yinda maydonga tushdi. Ammo 17 yoshli vinger na gol urgan, na golli uzatma bergan.

7. Rojer Fernandesh (Portugaliya / «Braga») – € 4 mln

Top-7likdan portugaliyalik Rojer Fernandesh joy oldi. Uning taxminiy narxi 4 million yevroga teng. «Braga» klubi vingeri 16 yoshda bo‘lib, Gvineya-Bisauda tug‘ilgan. Futbolchi portugal klubi asosiy tarkibda 10 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. Portugaliyaliklar o‘yinchilarni qanday sotishni hisobga olsak, Fernandesh yaqin orada Angliya yoki Ispaniyada katta pul evaziga transfer qilinishi mumkin.

4-6. Andreas Shelderup (Norvegiya / «Norshellann»), Noa Mbamba (Belgiya / «Bryugge»), Savio (Braziliya / «Atletiko Mineyro») – € 5 mln

Yana uchta iqtidorli futbolchining har biri 5 million yevrodan turadi. Ularning ismlari Andreas Shelderup, Noa Mbamba va Savio. Bu trioning birinchisi norvegiyalik, uning maydondagi roli hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi. Shelderup esa Daniyaning «Norshellann» klubi sharafini himoya qiladi. U mazkur klub safida 36 o‘yin o‘tkazib, olti gol va to‘rtta golli uzatma amalga oshirgan.

Mbamba - Belgiya futbolining yana bir mahsuli. Tayanch yarim himoyachi «Bryugge» safida to‘p tepadi. Uning hisobida 22 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, Chempionlar ligasida ham uchta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan.

Savio - braziliyalik vinger. U hozircha «Atletiko Mineyro» futbolchisi hisoblansa-da, tez orada 6,5 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tadi(qo‘shimcha 6 million yevro bonuslar). Qizig‘i shundaki, Savio «Atletiko Mineyro» tarkibida 23 ta o‘yinda na gol urgan, na golli uzatmani amalga oshirgan, ammo ingliz klubi skautlari vingerning kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonishmoqda.

3. Anjelo Gabriel (Braziliya / «Santos») – € 10 mln

Nihoyat dunyodagi eng qimmat 3 nafar o‘smirin futbolchisiga ham keldik. Uchinchi o‘rindan «Santos»ning braziliyalik vingeri Anjelo Gabriel joy oldi. Dunyoga Pele va Neymar kabi top darajadagi futbolchilarni yetishtirib bergan klub, yana bir yangi yulduz Gabrielni dunyoga tanitmoqda. Anjelo klub safida allaqachon 62 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, 2 gol va 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Qanot futbolchisi 10 million yevroga baholanmoqda. Ta’kidlanishicha, «Barselona» braziliyalikni sotib olishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxatida yetakchi bo‘lib turibdi.

2. Yussuf Mukoko (Germaniya/«Borussiya D»)€ 15 mln

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Yussuf Mukoko joy oldi. Kamerunda tug‘ilgan nemis futbolchisining narxi 15 million yevroga baholanadi. Hujumchi 12 yoshida U-17 jamoasi safida xet-trik qayd etgan, hamda U-17 Chempionlar Ligasidagi eng yosh gol muallifi va Bundesliga tarixidagi eng yaxshi yosh futbolga aylandi. Qolaversa, 2020 yilning qishida «Zenit»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangandi. Ammo hozircha Yusuf «Borussiya»da unchalik omaddi o‘ynamayapti. U klub safida 32ta o‘yinda maydonga tushiB 4 gol va 2 assist muallifiga aylangan.

1. Gavi (Ispaniya/«Barselona») – € 60 mln

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Hech kimga uni tanishtirishga hojat yo‘q. 17 yoshli ispaniyalik futbolchi Kataloniya jamoasida 35 ta (ikkita gol va beshta golli uzatma) va Ispaniya asosiy jamoasida beshta o‘yinda maydonga tushgan. «Barsa» o‘z futbolchisining 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi, ammo bu unchalik oson emas, chunki Gavida boshqa juda foydali takliflar ham bor. Ispaniyalik futbolchi 60 million yevroga baholangan.

Kiritildi: 16:37, 03.04.2022.
O'qildi: 5239 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.