Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

«Qanday qilib tarixdagi eng buyuk futbolchiga hushtak chala olasiz?» Afsonalar Messini himoya qilmoqda

«Qanday qilib tarixdagi eng buyuk futbolchiga hushtak chala olasiz?» Afsonalar Messini himoya qilmoqda

Baho:
+ | -

Kassano hatto «PSJ»ning norozi muxlislari bilan shaxsan uchrashishni istaydi.

Lionel Messi jahon yulduzi va dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomida «PSJ»ga o‘tdi. Ajablanarlisi shundaki, parijlik muxlislar uzoq kutilgan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi uchun argentinalikka umid bog‘lashdi. Ammo kutilgan kubok o‘rniga Messi muxlislarning hafsalasini pir qildi. U hozirda faoliyatidagi eng yomon mavsumni o‘tkazmoqda: Ligadagi 18 o‘yinda 2 ta gol va 10 ta golli uzatma. Shubhasiz, bu natijalar Lioneldan kutilgan narsa emas.

Albatta, gap faqat Leo haqida emas – «PSJ»ning muammolari murakkab, shuningdek, Neymar ham o‘zining eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda. Messi-Neymar-Mbappe triosi tez-tez pressingda passiv o‘ynagani uchun tanqid qilmoqda. Shuning uchun ham Pochettino o‘z g‘oyalarini yulduzli jamoaga singdira olmadi. Ikardi, Kimpembe va Veynaldum kabi top darajadagi futbolchilar ham omadsiz mavsum o‘tkazmoqda, Ramos esa doimiy tarzda shifoxonada davolanmoqda. Murabbiy esa optimal tarkib tuzishda qiynalmoqda.

Shu sabab jamoa asta-sekin parchalana boshlaydi. «PSJ» Fransiya Kubogidan, undan keyin esa Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Bu esa muxlislarni dovdiratib qo‘ydi. Messi Parijga muxlislar nazdida jamoa qutqaruvchisi bo‘lib kelgan edi, ammo u nafaqat yetakchi, balki asosiy yulduz maqomini ham qo‘lga kirita olmadi. Shuningdek, jamoa ichidagi muhitning ham yomon tomonga o‘zgarishiga olib keldi.  

Yana kimlar uni tanqid qildi?

Masalan, Mishel Platini muxlislarning Leoga nisbatan hushtak chalishida g‘alati narsani ko‘rmagan. Fanatlar doim haq. Futbol hissiyotlar uchun kerak, shuning uchun ham ular qaysidir futbolchiga nisbatan hushtak chalishi odatiy hol. Platini Messi haqida shunday deydi: «U yangi vazifani bajarishga qaror qildi. Messining «PSJ»ga o‘tgani fransuz futboli uchun foydali. Ammo Leo hech qachon besh-olti yil avvalgidek yaxshi o‘ynay olmaydi».

Italiyalik Paolo Di Kanio ham Leoning o‘tmishiga ishora qildi: «Messini «Barselona»dagi o‘yinlari uchun tanqid qila olmaysiz. Ammo agar u Fransiyada bir mavsumda ikkita gol urgan bo‘lsa, uni boshqalarga qaraganda ko‘proq tanqid qilish mumkin, chunki hech qaysi futbolchi oldin yerishgan yutuqlari bilan maqtana olmaydi. Sababi, bu allaqachon o‘tmishda qolib ketgan».

Messini himoya qilganlar bormi?

Ko‘rinib turibdiki, omma oldida tanqid qilganlar orasida Messini qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘proq. Ular orasida argentinaliklar ham bor va bu tushunarli holat. Ular uchun mamlakatning asosiy yulduzini haqorat qilish — avliyoni kamsitish bilan barobar.

«Roma», «Real» va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, shuningdek, Leoning ashaddiy muxlisi Antonio Kassano muxlislar uyaltirishi kerakligini aytdi: «Ular shunchaki xushomadgo‘ylar, hattoki o‘zini ko‘zguda ham ko‘ra olmaydi. Ertami-kechmi bu odamlar bilan uchrashib, ularni haqorat qilib, o‘z fikrimni aytishni istardim. Hozir javob bersam, meni sudga berishadi. Men ularga e’tibor qaratmoqchi emasman, shunchaki uyalishlari kerakligini aytmoqchiman».

Argentinaning «San-Lorenso» klubi bosh murabbiyi Pedro Trolyo Leoga qarshi hushtakbozlik qilishni keskin tanqid qildi: «Uni tanqid qilish, qaysidir o‘yinda yomon o‘ynadi deb aytish mumkin, lekin unga hushtakbozlik qilish — aqlga sig‘maydigan narsa. Messining yomon o‘yini jahon futbolining tanazzulga uchraganidan dalolatdir. Men tushunaman, jamoa turnirdan chiqib ketishi yaxshi emas va buni oqlab bo‘lmaydi. Ammo hamma biladi, Leo — daho.  Uni tanqid qilish — bu aqlbovar qilmaydigan narsa».

«Atletiko» yarim himoyachisi Rodrigo De Paul muxlislarni tushunmayotganini aytdi: «Messi dunyo futboliga ko‘p narsa berdi, u bor e’tiborini Parij klubiga qaratib, «PSJ»dagi vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Dunyoning hech bir burchagida unga o‘xshagan yigitni uchratishingiz mumkin emas».

Messining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Tyerri Anri ham Parij klubi muxlislarining harakatidan noroziligini ta’kidladi: «Qanday qilib tarixdagi eng buyuk hushtak chalish mumkin? Liga—1da assistentlik qilayotgan yigitgami?».

«Boka Xuniors» vise-prezidenti Xuan Roman Rikelme Messini daho deb atadi.

Argentina terma jamoasining sobiq yordamchi murabbiyi Klaudio Xunyali Leoning yomon o‘yinini hech qachon ko‘rmaganligini, shuning uchun unga hushtakbozlik qilish «dunyoning eng yaxshi futbolchisiga hurmatsizlik» ekanligini aytdi. «Barsa»ning sobiq futbolchisi Lilian Tyuram ham shunday fikrda: «bunga chidab bo‘lmaydi».

«Barselona»da Messi bilan birga o‘ynagan Sesk Fabregas o‘z faoliyati davomida Messi bilan ko‘plab ajoyib narsalarni boshdan o‘tkazganini aytdi. Shuning uchun Leo hali ham faoliyati davomida maydonda birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi ekanligini aytdi. «PSJ»da hech qachon bunday futbolchi bo‘lmagan. Uni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, Leoga bosim o‘tkazish yaxshi emas. Umid qilamanki, Messi keyingi mavsumda ajoyib o‘yinlar o‘tkazadi»,  olib kelishadi», - deya qo‘shimcha qildi Sesk.

«Agar siz Messiga hushtak chalasangiz, hech narsa o‘zgarmaydi. Agar siz dunyodagi eng zo‘r futbolchisini taniqid qilsangiz, unda kimni olqishlaysiz? Men buni tushunmayapman», - deydi Ronaldinyo.

Messining «PSJ»dagi kelajagi haqida nima deyish mumkin?

Messining yozda «Barselona»ga qaytishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo klub prezidenti Joan Laporta ularni rad etdi. «Biz hozirda Messini ortga qaytarish haqida o‘ylamayapmiz. Biz yosh jamoa tuzmoqchimiz. Leo — dunyoning eng yaxshi futbolchisi, ammo biz uning qaytarish haqida o‘ylamyapmiz», - dedi Laporta RAC1 nashriga bergan intervyusida.

RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, Messi yozda Parij klubidan ketmoqchi emas va baribir «PSJ» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqish niyatida. Nashr manbasining aytishicha, u hushtakbozlikdan xafa bo‘lmagan, chunki uning o‘zi ham Chempionlar ligasini tark etganidan hafsalasi pir bo‘lgan. TyC Sports nashrining ta’kidlashicha, Laportaning so‘zlaridan keyin Messi «Barsa»ga qaytish fikridan qaytgan.

L’Equipe nashrining yozishicha, «PSJ» rahbariyati Messi va Neymarni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va ular MLSga o‘tishi mumkin. Ammo bularning barchasi mish-mish va hozircha yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.

Kiritildi: 22:09, 03.04.2022.
O'qildi: 2651 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.