Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Pioli: "Kechagi o‘yinni tahlil qilish juda oddiy"

Pioli: "Kechagi o‘yinni tahlil qilish juda oddiy"

Baho:
+ | -

Stefano Pioli A Seriyaning 31-tur doirasidagi «Bolonya»ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

“Bu kechagi o‘yinni tahlil qilish juda oddiy. Biz o‘sha kichik vaziyatni, oxirgi pasni, hammasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan zarbani topa olmadik. Qolganini qildik.

Bu boshi berk ko‘chadan erta chiqib ketsangiz, oson bo‘ladigan o‘yinlardan biri edi, aks holda bu juda qiyin bo‘lishi ma’lum edi. Biz kuchli jamoaga qarshi to‘psiz juda yaxshi o‘ynadik, ammo to‘p bilan unchalik yaxshi o‘ynamadik.

Men psixologik muammo g‘oyasini butunlay rad etaman. Jamoa to‘g‘ri munosabat, qiziqqonlik va mentalitet bilan o‘ynadi hamda maydonning oxirgi uchdan bir qismigacha ancha yaxshi o‘ynadi.

Ayni paytda biz juda ko‘p imkoniyatlar yaratyapmiz va ulardan foydalanmayapmiz, bu haqiqat, statistik ma’lumotlar bilan tasdiqlangan. Biz o‘z futbolimizni o‘ynayapmiz, lekin imkoniyatlardan foydalanmayapmiz” - dedi «Milan» bosh murabbiyi Sky Sport Italia nashriga.

Kiritildi: 12:56, 05.04.2022.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик