Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Navruz Cup» turniri to‘g‘risida taassurotlar

«Navruz Cup» turniri to‘g‘risida taassurotlar

Baho:
+ | -

25-29 mart kunlari Namanganda O‘zbekiston, Uganda, Tojikiston va Qirg‘iziston milliy jamoalari ishtirokida tashkillashtirilgan Navruz Cup-2022 xalqaro turniri Srechko Katanes shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlanganidan yaxshi xabardorsiz. Namanganliklar, umuman, vodiydagi muxlislar uchun o‘ziga xos futbol bayramiga aylanib ketgan mazkur musobaqa o‘ziga yarasha yaxshi-yomon taassurotlar qoldirdi, albatta.

Yaqin-yaqingacha ham viloyatlardagi futbol ixlosmandlari O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlarini Toshkentdan boshqa shaharlarda o‘tkazilishini shunchaki, orzu qilishardi. Mana, so‘nggi yillarda terma jamoaning uy o‘yinlari geografiyasini kengaytirish maqsadida yangiliklarga qo‘l urilmoqda. Milliy jamoamiz bunga qadar poytaxtdan tashqari, Samarqand va Qarshida ko‘rinish bergan bo‘lsa, o‘tgan yildan e’tiboran mezbon stadionlar qatoriga Namangandagi «Markaziy»arenasi ham qo‘shildi. Yurtimizda jonkuyarliklari bilan alohida ajralib turadigan namanganlik muxlislar tufayli va albatta, viloyatda futbolga qaratilayotgan katta e’tibor samarasi o‘laroq, joriy yil bosh jamoa­miz ishtirokidagi ketma-ket 2ta xalqaro turnir «Markaziy»ga ishonib topshirildi. Ishonch bilan aytish mumkinki, ulardan dastlabkisi kutilgan darajada muvaffaqqiyatli tashkillashtirildi.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi iyun oyida yana Namanganga tashrif buyuradi va Osiyo kubogi-2023 saralash bahslarida maydonga tushadi. Navruz Cup-2022 o‘rtoqlik turniri aynan shu rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilgani tayin - ham jamoa uchun, ham tashkilotchilik masalasida. Ha, Navruz Cup-2022 faqat terma jamoa futbolchilari emas, balki namanganlik tashkilotchilar uchun ham yaxshigina tajriba vazifasini o‘tadi. 6 kun davomida viloyatda istiqomat qilib, o‘ziga xos futbol shukuhini yaratib bergan 4ta terma jamoa munosib kutib olindi va kuzatib qo‘yildi. Raqiblar ham maqtashdimi, demak, tashkilotchilik masalasida e’tiroz yo‘q. Asosiysi, «Markaziy» arenasida chiroyli muhit hukm surdi. To‘g‘risi, terma jamoamiz Toshkentda qachon bunday «qaynoq» muhitda o‘ynaganini birdan eslash ham qiyin.

Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham yo‘q emas. Deylik, turnirga taklif etilgan raqib jamoalar saviyasi masalasida e’tiroz bor, albatta. To‘g‘ri, hozir buni keng muhokama qilish o‘rinsiz. O‘ylaymizki, bu birinchisi. Keyingilarida jamoalar saviyasi ham oshadi, albatta. Umuman, tashkilotchilar ishtirokchi jamoalar uchun Namangandagi har bir kun mazmunli o‘tishi yo‘lida bor imkoniyatlarni ishni solishdi. Xususan, milliy jamoa­miz a’zolarining savobtalab insonlar tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan «Jannatdagi qasrlar 132» hasharida qatnashib, xayriya ishiga o‘z hissalarini qo‘shishgani zo‘r bo‘ldi. Bu tashabbus kimdan chiqqan bo‘lsa ham, unga kattakon rahmat.

Albatta, turnir qatnashchilari qatori uning kuzatuvchilari va yorituvchilari ham e’tibordan chetda qolishmadi. Deylik, media vakillari uchun viloyatning ko‘zga ko‘ringan ijtimoiy ob’ektlari, kichik sanoat zonalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda tarixiy qadamjolari bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan uyushtirilgan sayohat bahona jurnalist­lar hududdagi kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari bilan tanishishdi. Shuningdek, Olimpiya zaxiralari sport kollejida «Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirish» mavzusida taqdimot va maxsus matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Xurshid YUSUPOV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 06.04.2022.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.