«Vilyarreal» darvozaboni Xeronimo Ruli «Bavariya»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final birinchi o‘yinidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz barcha raqiblarga bir xil hurmat bilan qaraymiz. Ha, «Bavariya» – favorit, lekin biz yaxshi o‘ynashni va tarix yaratishni istaymiz.
Turinda bo‘lib o‘tgan 1/8 final javob bahsida jamoamizdagilarning barchasi bir yo‘nalishda harakat qilishdi. Bugun biz yana shunday qilishga harakat qilamiz», - deya Rulining so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.
«Vilyarreal» – «Bavariya» uchrashuvi bugun, 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanishi 22.00 (Moskva vaqti bilan).