Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Latofatli Yeva Karneyro yodingizdami? Aslida Mourinyo bilan nima bo‘lgandi, hozirda bu shifokor qayerda?

Latofatli Yeva Karneyro yodingizdami? Aslida Mourinyo bilan nima bo‘lgandi, hozirda bu shifokor qayerda?

Baho:
+ | -

"Chelsi" klubi safida shifokor bo‘lib ishlagan ayol, latofatli Yeva Karneyro haqida ma’lumot beramiz.

2015 yilning 3 mayida Joze Mourinyo uchinchi marta Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqdi: «Chelsi» portugaliyaliklar murabbiy boshchiligida «Kristal Pelas»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va APL g‘olibiga aylandi.

O‘sha yilning 14 dekabrida «Chelsi» mehmonda «Lester»ga yutqazib qo‘ydi, shundan so‘ng Mourinyo ishdan bo‘shatildi. U iste’foga chiqqanida, «ko‘klar» jadvalning 16-pog‘onasida edi, quyi ligaga tushib zonasidan bir ochko farq - amaldagi chempion uchun dahshatli qulash edi.

«Stemford Bridj»dagi ziddiyat yangi mavsumning ilk uchrashuvidayoq yuzaga keldi. «Chelsi» o‘z uyida «Suonsi»ni qabul qildi va ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi, biroq mehmonlar ikki marta hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Vaziyatlarning birida “ko‘klar” yetakchisi Eden Azar jarohati sabab maydonda yotib qolgandi va klub shifokori Yeva Karneyro esa unga yordam berishga shoshildi.

Bu Mourinyoni g‘azablantirdi, chunki, Evaning o‘yinda pauza qilgani Jozega yoqmadi: tibbiy yordam olgan Azar qoidalarga ko‘ra maydonni tark etishi va keyin hakamdan qaytish uchun ruxsat so‘rashi kerak edi. «Men shifokorlardan norozi bo‘ldim, chunki sen shifokor yoki zaxira o‘rindig‘ida kotib bo‘lsang ham, baribir futbolni tushunishing kerak», - deb g‘azablandi portugaliyalik.

Bir necha kundan so‘ng, Yeva bosh murabbiy qarori bilan asosiy jamoa bilan ishlashdan chetlashtirildi. Jamoadagi vaziyat keskinlashdi: ko‘plab o‘yinchilar Karneyro bilan yaxshi munosabatda bo‘lishdi va (omma oldida emas, balki o‘zaro) sodir bo‘lgan narsadan noroziligini bildirdilar.

O‘sha paytda Britaniya matbuoti Yevaning shaxsiy hayotining “yog‘li” tafsilotlarini nashr eta boshladi. Uning sobiq sevgilisi Rupert Patterson-Uord The Sun gazetasiga intervyu berib, Karneyro «Chelsi» o‘yinchilaridan biri bilan jinsiy aloqa qilgani haqida gapirdi:

“Bu ayol mening hayotimni izdan chiqarib yubordi. Bir kuni u «Chelsi» futbolchilaridan biri bilan tunni birga o‘tkazganini aytdi. Uning bu gapi yolg‘on edi. Chunki, u buni faqat meni xafa qilish uchun aytdi. Lekin bu haqiqat ekanligiga ishonmayman. U futbolchilar orasida mashhurligi bilan faxrlanadi. Yevae’tiborni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni «Chelsi» o‘yinchilaridan biri uni o‘z xonasiga chaqirdi va eshikni yalang‘och ochdi.

Yeva juda jozibali ayol. Uning qanday ayol ekanligini kam odam biladi. U shafqatsiz va har doim xohlagan narsasini oladi. U jinsiy aloqani yaxshi ko‘radi, bu uning uchun juda muhimdir. Biz har kuni jinsiy aloqa qilardik. Yeva - nima istayotganini biladigan olovli va ehtirosli ayol. U boy yigitlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi. O‘ylashimcha, u meni yoqtirdi, chunki men boshqacha edim, lekin oxir-oqibat men unga unchalik yaxshi bo‘lmadim" - dedi Yevaning sobiq sevgilisi.

«Suonsi» bilan o‘yindan bir yarim oy o‘tgach, Karneyro «Chelsi»ni tark etdi. Klub va Mourinyoni majburan chetlatish uchun sudga berdi. "Ko‘klar" unga kelishuv evaziga 1,2 million funt taklif qilishgan, biroq klubning sobiq shifokori bunga rozi bo‘lmagan.

Natijada mojarodan bir yil o‘tib, Mourinyo "Chelsi"ni tark etganidan keyin, klub Yevadan rasmiy uzr so‘radi:

“Biz doktor Karneyro bilan hamkorligimizni to‘xtatishga olib kelgan holatlardan afsusdamiz va yetkazilgan zarar uchun u va uning oilasidan chin dildan uzr so‘raymiz. Doktor Karneyro maydonga tushganida o‘yin qoidalariga amal qilgan va shifokor sifatida futbolchilar oldidagi majburiyatlarini bajarib, ularning salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yganini alohida ta’kidlamoqchimiz. Karneyro har doim «Chelsi» futbolchilarining manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan" - deyiladi "Chelsi"ning rasmiy bayonotida.

Yeva bugun nima bilan mashg‘ul? «Chelsi»ni tark etgach, u London markazidagi sportchilar uchun ochilgan Sports Medical Group xususiy klinikaga maslahatchi bo‘lib ishga kirdi. Klinika rasmiy saytida aytilishicha, Yeva hozir Qatardagi klinikalardan biri bilan hamkorlik qilmoqda. U 2022 yilgi Jahon chempionati arafasida mahalliy shifokorlarga sport tibbiyoti bo‘yicha maslahatlar bermoqda.

"Instagram" ijtimoiy tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, Karneyroning asosiy xobbsi - otlar. U otlarni turmush o‘rtog‘i Jeyson de Karteret bilan Ispaniyada ko‘paytiradi. Er-xotin 2015 yilning noyabr oyida Londondagi Avliyo Patrik cherkovida turmush qurishdi.

Kiritildi: 04:00, 07.04.2022.
O'qildi: 7426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.