Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Yevropa ligasi. «Ayntraxt» - «Barselona»: Frankfurtdagi to‘qnashuv haqida

Yevropa ligasi. «Ayntraxt» - «Barselona»: Frankfurtdagi to‘qnashuv haqida

Baho:
+ | -

Bugun tunda yettinchi apreldan sakkizinchiga o‘tar kechasi Frankfurtda Yevropa ligasining pley-off bosqichida "Aytntraxt" Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Jamoalar bu o‘yinga turli xil kayfiyatda yetib kelishdi. Mezbonlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Aytntraxt" jamoasi Bundesliga doirasidagi so‘nggi beshta uchrashuvning atigi bittasida g‘alaba qozondi. Bunday yomon natija esa jamoani ichki chempionatda to‘qqizinchi o‘ringa tushurib yubordi.

"Barselona"da esa hammasi ko‘ngildagidek. Xavining "pichog‘i moy ustida". Jamoa ichki chempionatda yigirma to‘qqizta o‘yinda 57 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Agarda "Ayntraxt"ning mavsum davomida o‘tkazgan o‘yinlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, jamoa himoyada juda tartibli o‘yin ko‘rsatishiga guvoh bo‘lamiz. Frankfurtliklar so‘nggi besh o‘yinda o‘z darvozasidan uch marotaba to‘p olib chiqqan. Shunday jamoalar borki, ular murabbiyining ko‘rsatmalariga to‘liq amal qiladi. Masalan: Simeonening "Atletiko"si yoki Byelsaning "Lids" jamoasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Jamoa (3-4-1-2) sxemasida o‘ynaydi, bu esa himoyaviy "ikkinchi raqam ostida" o‘ynaydigan jamoalar uchun juda qulay sxemadir. Agarda "Ayntraxt" birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubormasa, bu jamoa uchun katta yutuq bo‘ladi. Chunki, "Barselona" birinchi bo‘limda gol urolmasa, ikkinchi bo‘limda bor kuchini hujumga tashlaydi. Bu esa "Barsa" yana ham ko‘proq oldinga o‘tadi degani, bu - "Ayntraxt" uchun qarshi hujumga o‘tish uchun ko‘proq zonalar ochiladi deganidir.



Glazner jamoasi bugungi o‘yinda chuqur himoyalanishi, mayda follar bilan o‘yinni epizodlarga bo‘lib, qarshi hujumlardan unumli foydalanishi zarur. Katta ehtimol bilan shunday qiladi ham. Chunki har qanday murabbiy o‘z qo‘l ostidagi masalliqqa qarab taom tayyorlaydi.

"Barselona" uchun bu kubok kerak emas", degan fikr mutlaqo asossiz. Xavi klubdagi birinchi yilini titul bilan yakunlashni istayapti. La liga deyarli qo‘ldan chiqib bo‘lganini hisobga olsak, "Barsa" yutishi mumkin bo‘lgan yagona titul bu — Yevropa ligasidir.

Xavi yillar davomida kutilgan "Barselona"ni qaytardi, Xavi eski o‘yin, eski sxemani qaytardi.SHundan so‘ng, turli xil murabbiylar qo‘l ostida o‘ziga yarashmagan o‘rinlarda yurgan jamoa asta-sekin yuqoriga ko‘tarila boshladi.



"Barselona" "Atletiko"ga qarshi o‘yinda (4:2 hisobida) zafar quchgach, ishtahasi ochilib ketdi. Shundan beri jamoa yuqori sermahsullikni ko‘rsatib kelyabti, ayniqsa "Real" ustidan qozonilgan (4:0 hisobida) g‘alaba jamoani juda qo‘rqinchli qilib ko‘rsatib yubordi. Qolaversa, jamoaning yosh futbolchilarida xarakter shakillanib kelyapti, Gavi, Pedri, Arauxo kabi Kuman davrida jamoani yelkasida ko‘tarib yurgan o‘yinchilar Xavi qo‘l ostida yayrab to‘p suryapti.

Avazbek Mirsaitov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:45, 07.04.2022.
O'qildi: 3309 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик