Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Xavi: "Kamp Nou"da qiyin bo‘ladi"

Xavi: "Kamp Nou"da qiyin bo‘ladi"

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Yevropa ligasi doirasida «Ayntraxt» (1:1) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jismoniy tayyorgarlik borasida juda qiyin raqib. Biz ularning qarshi hujumlarini qanday oldini olishni bilmadik, odatdagidek harakatchan bo‘lmadik, shuningdek, maydonning ham holati yaxshi emas edi.

Biz odatdagidan kamroq vaziyatlar yaratdik, ammo natijadan qoniqish hosil qildik. Ko‘pincha tashabbusga ega bo‘lgan jamoa ko‘proq imkoniyat yaratadi, ammo bugun boshqacha bo‘ldi. Biz ularning qarshi hujumlarini o‘tkazib yubordik. Ammo bu Yevrokubok o‘yinlari va bu yerda qiyinchiliklar bo‘ladi.

Biz qanotlarda o‘ynash orqali ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Kiritgan golimiz mahorat evaziga sodir bo‘ldi va ajoyib chiqdi.

«Kamp Nou»da qiyin bo‘ladi, ammo muxlislarimiz biz bilan birga bo‘lishadi.

Pikeni anchadan beri qiynayotgan muammo bor edi, umid qilamanki, bundan boshqa hech narsa yo‘q”, - dedi Xavi.

Kiritildi: 02:38, 08.04.2022.
O'qildi: 3517 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик