Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mourinyo: "Turnirning yarim finaliga chiqish uchun yaqqol favoritmiz"

Mourinyo: "Turnirning yarim finaliga chiqish uchun yaqqol favoritmiz"

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «Bude-Glimt»ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Roma» Konferensiya ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida Norvegiya klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Ular ikkita goligi standart vaziyatdan va "rikoshet"dan kiritishdi. Biz ham standart vaziyatlardan ko‘p gollar uramiz, lekin bunday gol o‘tkazib yuborish emas, shunday gol urish yaxshi. Birinchi gol kulgili bo‘ldi.

To‘g‘risini aytsam, meni ko‘proq Manchinining jarohati xavotirga solmoqda. Bu meni bezovta qiladi, bu sun’iy qoplamali maydonda o‘ynashdan kelib chiqadi.

Biz 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldik, ammo javob o‘yinini «Olimpiko»da, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkazamiz va bizni yarim finalga chiqish uchun favorit deb bilaman deb bemalol ayta olaman.

Men o‘z futbolchilarimga, stadionga, muxlislarimizni qo‘llab-quvvatlashiga to‘liq ishonaman. Ochig‘i, «Bude-Glimt» kuchli jamoa, ammo javob o‘yinida ham yaxshi bosh hakam va yordamchi hakamlar bo‘lishiga ishonaman.

Ularga qarshi Rimda o‘ynaganimizda hakam ikkita yaqqol penaltini ko‘rmagandi, bugun esa hakamlar ikkita hujumimizni offsayd deb to‘xtatib qoldi. Birinchi bo‘lim kulgili vaziyatda yakunlandi, Autdan to‘p o‘yinga kiritilgan vaziyatda qayd etilgan offsayd hakamlarning qanday saviyada ekanliklarini ko‘rsatib qo‘ydi», - dedi «Roma» bosh murabbiyi Sky Sport Italia bilan suhbatda.

Kiritildi: 02:52, 08.04.2022.
O'qildi: 2657 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.