Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Erik ten Xag va «Manchester Yunayted»: Premyer liga kutayotgan murabbiy haqida nimalarni bilamiz?

Erik ten Xag va «Manchester Yunayted»: Premyer liga kutayotgan murabbiy haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag nihoyat yozda Premyer ligada ish boshlashi mumkin. OAV xabariga ko‘ra, u «Manchester Yunayted» boshqaruvini qabul qiladi. Shu sabab «qizil iblislar» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

OAV xabarlariga ko‘ra, Erik ten Xag «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lish favoritlaridan biri hisoblanadi. 52 yoshli mutaxassis allaqachon ingliz klubi rahbariyati bilan suhbatlashgan va hozirda har ikki tomon hammuzokara o‘tkazmoqda.

Ten Xag uzoq vaqtdan beri katta klublarda ish boshlashi taxmin qilinib kelayotgan murabbiy hisoblanadi, ammo u hozircha «Ayaks» boshqaruvida ishladi. «Tvente» bilan mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, Ten Xag futbolchilik faoliyati bilan maqtana olmaydi. Uning asosiy muvaffaqiyatlari murabbiylik bilan bog‘liq.

Ten Xag «Tvente»da ish boshlagan va u yerda yoshlar jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Keyin Fred Rutten uni klubning asosiy jamoasiga yordamchi qilib oldi, shundan so‘ng PSVga taklif qilindi. 2012 yilda ten Xag o‘zining mustaqil murabbiylik karyerasini boshladi. U Gollandiya ikkinchi divizioni a’zosi «Gou Exed Iglz» jamoasini boshqarib, birinchi urinishdayoq jamoani elitaga olib chiqdi. Biroq, kutilmaganda u «burgutlar»ni tark etdi. Ten Xag Myunxenga yo‘l oldi va u yerda «Bavariya»ning ikkinchi jamoasini qabul qildi. Gollandiyalik murabbiy buni nemis klubi ustozi Xosep Gvardiola ishini o‘z ko‘zlari bilan kuzatish istagi bilan izohladi.

2015 yilda ten Xag yana mustaqil murabbiylik faoliyatini davom ettirishga qaror qildi va Gollandiyaning «Utrext» klubini qabul qildi. Birinchi mavsum natijalariga ko‘ra, jamoa chempionat jadvalida beshinchi, bir yildan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egalladi. «Utrext» bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqqan Ten Xag Gollandiyaning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

U 2017 yilning dekabrida «Ayaks»ni qabul qilib oldi. Bu vaqtga kelib, Amsterdam jamoasi to‘rt yarim mavsumdan beri sovrinsiz qolib kelayotgandi. 2018/19 yilgi mavsum «Ayaks» uchun yangi asrdagi eng omadli yil bo‘ldi. Ular «oltin dubl»ni qayd etib, besh yil ichida birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi! «Ayaks» bir mavsumda 160 ta gol bilan Gollandiya klublari rekordini o‘rnatdi! Amsterdam jamoasi Chempionlar ligasida asosiy ertakni yaratib, pley-off bosqichida «Real» va «Yuventus»ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi. Ammo finalga bir qadam qolganda, «Ayaks» «Tottenxem»dan tarsaki yedi. Aniqrog‘i, 90+5 daqiqada gol o‘tkazib yuborgan amsterdamliklar final yo‘llanmasidan quruq qoldi.

O‘shanda «Ayaks» yangidan qurilayotgan klub edi. Bundan tashqari, de Yong, van de Bek juftligi juda ajoyib harakat qilishardi. Bu Gollandiya futbolining ancha qiziqarli evolyusiyasiga o‘xshardi. Yozda «Ayaks» «Barselona»ga o‘tgan de Yongni va «Yuventus»ga o‘tgan de Ligtni yo‘qotdi. O‘shanda hamma ten Xagning katta klubga ketishini kutishgan edi, ammo u Amsterdam jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi.

Koronavirus tufayli 2019/20 yilgi mavsum yakunlanmadi, biroq «Ayaks» chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili Amsterdam jamoasi yana birinchi o‘rinni egalladi. Joriy mavsumda ham ular yana peshqadam bo‘lib turibdi, bundan tashqari, 28 uchrashuvda atigi 14 ta gol o‘tkazib yuborgan. Ayniqsa, +69 ko‘rinishdagi to‘plar farqi, shunchaki, dahshat.

Ten Xag - juda qiziqarli va taktik o‘yin qura oladi. Bu mavsumda «Ayaks» Chempionlar ligasida juda yaxshi o‘ynadi, ammo 1/8 finalda «Benfika»dan mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi. Aftidan, bu natija nihoyat ten Xagni katta g‘alabalar uchun kuchli ijrochilar kerakligiga ishontirdi. «Ayaks» hali ham top darajadagi futbolchilarni sotib olishga qurbi yetmaydi, aksincha, o‘z yetakchilarini sotadi.

Ser Aleks Fergyuson ketganidan beri «Manchester Yunayted»da taktik murabbiy ishlamadi. Premer-liganing qolgan klublari kuchli murabbiylarni chaqirishsa, mankunianliklar shunchaki yirik nomlarni afzal ko‘rishdi. Ten Xag - taktik mutaxassis. Asosiy savol - u o‘zining qiyin o‘yinini top futbolchilar bilan o‘tkaza oladimi? Albatta, buni vaqt ko‘rsatadi.

Kiritildi: 14:18, 08.04.2022.
O'qildi: 2475 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.