Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay

Ronalduning «Manchester Yunayted»ga kerak emasligi va kerakligining 5 ta sababi

Ronalduning «Manchester Yunayted»ga kerak emasligi va kerakligining 5 ta sababi

Baho:
+ | -

Krishtianu uchun bu mavsum oldingilari kabi sermahsul bo‘lmasligi mumkin, ammo buni omadsiz ham deb bo‘lmaydi. Ba’zida portugaliyalik ajoyib o‘yin ko‘rsatadi va «Manchester Yunayted»ga juda ko‘p foyda keltiradi, ba’zan esa klub zarariga ishlaydi. Agar Ronaldu faoliyatini shu yerda yakunlab, Parij yoki AQSHga ketmasa, u hali ham «qizil iblislar»ga Premyer-ligasida kuchlilar qatorida bo‘lishiga yordam berishi mumkin. Sababi, Krishtianu Amerikaga ketishiga va Angliyani tark etishiga hali erta. Ammo Ronni Premer-liga qoladimi, bu katta savol...

Shu sabab bugun portugaliyalik futbolchini «Manchester Yunayted»ga kerakligi, yoki kerak emasligining 5 ta sababi haqida to‘xtalmoqchimiz.

Ronaldu «MYU»ga kerak emas

1)  U hujumda o‘yinni buzadi. Portugaliyaliklar kelishidan oldin «Yunayted»ning oldi chizig‘i dunyodagi eng yaxshi hujumlardan biri edi. Bruno, Reshford va Kavani uchligi ko‘p gol urishardi, Pogba va Marsyal esa vaqti-qaqti bilan jamoaga yordam berib turishardi. Ammo Krishtianu hammasini buzib qo‘ydi. Futbolchilar butun o‘yin davomida undan ko‘proq narsa umid qiladigan bo‘lib qolishdi. Natijada, Reshford, Kavani va hatto Bruno ham soyada qoldi. Natijada Marsyal va kelajagi bor deya qaralgan Daniel Jeyms klubdan ketishga majbur bo‘ldi. Manchesterda qotil hujumchilar o‘rniga faqat umid bilan yashaydigan futbolchilar qoldi.

2) Ronaldu jamoaviy futbolga mos kelmaydi. Katta ehtimol bilan «Yunayted»ni yozda Ten Xag boshqaradi. Gollandiyalik murabbiy esa jamoaviy o‘yin quradi, Krishga esa individual futboli hisoblanadi. Sarri portugaliyalikni o‘z tizimiga integrasiya qila olmadi, Sulsher va Rangnik uni turli kombinasiyalarni sinab ko‘rdilar, ammo natija bo‘lmadi. Ha, futbolchining shaxsiy statistikasi yaxshi, ammo buning uchun jamoaviy o‘yin qurbon qilindi.

3) Hozirda Ronalduga hal qiluvchi bahslarda ishonch bildirish xato fikr bo‘lib chiqdi. Chempionlar ligasida so‘nggi to‘rt yil ichida portugaliyalik boshchiligidani klublar pley-offdan nariga o‘tolmay qoldi. «Yuventus» o‘z darajasidan pastroq bo‘lgan «Ayaks», «Lion» va «Portu» kabi klublarga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etishdi. Shuningdek, bir necha hafta oldin «Manchester Yunayted» ham «Atletiko»ga imkoniyatni boy berdi. Angliyada esa «Yunayted» ikkinchi darajali jamoaga aylandi. Portugaliyaliklar kelguniga qadar mankunianliklar Sulsher qo‘l ostida Premyer-liganing yuqori pog‘onalardagi jamoalarga qarshi yaxshi o‘ynashgan. Bu mavsumda - «Man Siti» bilan ikkita o‘yinda 1:6 va «Liverpul»ga qarshi bitta o‘yinda 0:5.

4) Ronaldu uzoq muddatli loyihaning bir qismiga aylana olmaydi. Ten Xag (yoki Pochettino) birinchi mavsumdayoq top-klubni shakllantira olishi va natijaga erisha olishi dargumon. U katta ehtimol bilan kelajak uchun poydevor yaratadi. Krishtianu esa allaqachon 37 yoshda. Agar Ronaldu jamoada qolsa, keyingi mavsum, natijalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘p narsalarni boy beradi (gollar, ko‘proq o‘yin amaliyoti va hokazo).

 

5) Klubdagi ziddiyat. Krishning jahon futbolidagi ta’sirini kam odam bilan solishtirish mumkin. Portugaliyalik Fergyuson, Mourinyo, Anchelotti, Zidan kabi murabbiylar bilan bir klubda ishlagani va ushbu mutaxassislar bilan yaxshi mavsumlarni o‘tkazgani e’tiborga molik. Ronaldu Benites va Sarri kabi oddiyroq murabbiylar bilan ishlay olmasligini amalda isbotlagan. Ten Xag yoki Pochettino jahon futbolida katta obro‘ga ega murabbiylar emas va katta ehtimol bilan Krishtianu ularga moslasha olmaydi. Portugaliyaliklarni bo‘ysundirishga urinishlar esa kiyinish xonasida eng zaharli muhitga olib keladi.

 

Ronaldu «Manchester Yunayted»ga kerak

1) U mukammal hujumchi. Faoliyatining oxiri mavsumlarini o‘tkazayotgan bo‘lsa ham portugaliyalik yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. U hujumchi rolda hali ham dunyodagi eng yaxshilaridan biri! Rangnik sinab ko‘rgandek, uni jamoaviy pressingga kiritish shart emas. Ron uchun bir mavsumda 20 dan ortiq gol urish hali ham odatiy hol. Qolaversa, hamma «Yunayted» bosh murabbiyi lavozimiga Erik Ten Xagni favorit deb aytishmoqa. Tabiiyki, u futbolchilardan qanday foydalanishni biladi. Buning yorqin misoli - Sebastyan Aller.


2) Ronaldu yoshiga qaramay, hamon qutqaruvchi rolini bajarmoqda. U yaqinda «Tottenxem»ga qarshi kechgan o‘yinda xet-trik qayd etdi. Krish uchta gol urdi va jamoasiga raqib ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritishga yordam berdi! Jismoniy holat, tezlik, kuchli zarba, bosh bilan o‘ynash - hamma narsa yuqori darajada. Kuzda Ronning bir o‘zi «Manchester Yunayted»ni Chempionlar Ligasi guruhi bosqichidan pley-offga olib chiqdi, yaqinda terma jamoasi safidagi Makedoniyaga qarshi o‘yinda ham golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman olganda, Ronaldu hamon o‘sha-o‘sha.

3) Hozirda Ronalduning «MYU»dagi o‘rnini boshqa futbolchi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Agar portugaliyalik ketsa, «Yunayted»da top darajada markaziy hujumchi qolmaydi. Kavanining shartnomasi tugamoqda, Marsyal ijarada ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti, Grinvud faoliyatini yakunladi, Reshfordning o‘yinida esa pasayish kuzatilmoqda. Hujumga qo‘shila oladigan qolgan o‘yinchilar esa asosan qanot hujumchilari yoki yarim himoyachilar hisoblanadi. Keyin yuqori darajadagi markaziy hujumchini qidirish zarur. Transfer bozorida esa top darajadagi forvardlar juda qimmat. Shuningdek, agar «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, o‘sha hujumchilarning hech biri «qizil iblislar» safiga o‘tmaydi. 

4) Ronalduga katta e’tibor qaratiladi. Portugaliyaliklarning media salohiyati cheksizdir. U Manchesterga kelganida hamma narsada o‘sish kuzatildi - ijtimoiy tarmoqlar, futbolkalar, ommaviy axborot vositalari. «Qizil iblislar» uzoq vaqtdan beri superklub maqomidan ayrilib qolgan edi, shuning uchun endi hech bo‘lmaganda OAVda e’tiborida qolish — muhim. Krish maqomidagi futbolchi bilan buni qilish osonroq, chunki jamoada boshqa bunday super yulduzlar yo‘q. Ronning plyus tomoni homiylarni jalb qilishdir, bu yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun ko‘proq imkoniyatlarni anglatadi.

5) «Manchester Yunayted»ga yetakchi kerak. Yangi loyiha qurilishi sharoitida jamoada haqiqiy sardor bo‘lishi muhim. Maguayr har bir o‘yinda maydonga tushadi va 3 ta o‘yindan 2 tasida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Ronaldu — maydonda ham, kiyinish xonasida ham mukammal motivator. Shuningdek, an’analar saqlovchisi, o‘sha Fergyuson boshchiligidagi buyuk «Yunayted» bir qismi. Agar Krish qo‘l ostida «Manchester Yunayted» qayta tiklansa, bu haqiqatdan ham chiroyli hikoya bo‘ladi.

Kiritildi: 22:16, 08.04.2022.
O'qildi: 4136 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.