Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

"Real Madrid"ning ko‘cha futbolidan chiqqan afsonasi

"Real Madrid"ning ko‘cha futbolidan chiqqan afsonasi

Baho:
+ | -

 Emilio ispan futboliga ko‘p narsa bera olgan. Uning o‘yinlari hozirgi zamonaviy futbolning boshlang‘ich bosqichini boshlab beradigan davrga to‘g‘ri kelgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan Butragenyoning maydon markazidagi harakatlari eski futbolda kamyob hodisa edi. Qahramonimiz xujumchi bo‘lishiga qaramay maydon markaziga ko‘p bor qaytib o‘zi xujum yaratishda faol ishtirok etardi. Bunday harakatlar hozirgi zamonaviy futboldagi yolg‘onchi to‘qqiz harkatiga qiyoslanadi. Ushbu pozisiyaning zamonaviy futbolda o‘rni beqiyos ekanligi shubhasiz.

    Emilio ko‘cha futboli havosi bilan nafas oldi. Ko‘cha futboli uning yoshligining ajralmas qismi edi, lekin tez orada qahramonimiz "Real Madrid" akademiyasiga o‘qishga kirdi va u yerda "Real Kastilya" jamoasida to‘p surdi.

"Real Madrid" - 1983-1995

1983-1984 yilgi mavsumda "Real Kastilya" Segundani yutdi va o‘sha paytdagi "Madrid" bosh murabbiyi Alfredo di Stefano Emilio Butragenyoni asosiy jamoa o‘yinlariga olib keldi. Murabbiy Di Stefano "qirollik klubi" bilan birorta ham kubokni qo‘lga kiritmagan, lekin bularning barchasini faqat Butragenyoni kashf qilgani bilan oqlashimiz mumkin. Butragenyo o‘zining birinchi mavsumida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va keyingi yildan u jamoaning kerakli futbolchisiga aylandi. Texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchi raqib jarima maydonchasida o‘zini yaxshi his qilardi. Butragenyo har qanday epizodda ham zarba bera olishi va buni ayyorlik bilan ijro etish qobiliyati tufayli "vulture" laqabini olgandi.

Vulture - bu so‘z futbol tarkibiga kirib ketuvchi atama edi. Aslida (ispan tilida "El Butre" - o‘laksaxo‘r) bu laqabni jurnalist Xulio Iglesias futbol olamiga kiritgan. Avvaliga u "Kastilya" bitiruvchilari orasida 5ta iqtidorli “o‘laksaxo‘rlar” mavjud degandi (uning tarkibiga Emilio Butragenyo, Migel Mishel, Martin Vaskes, Migel Pardesa va Manolo Sanches kiradi), lekin keyinchalik bu laqab faqatgina qahramonimizga tegishli bo‘lib qolgandi.

  1985 yilda meksikalik hujumchi Ugo Sanches "Atletiko" dan "Real" ga transfer qilindi va u Butragenyo bilan futbol tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan hujumchilar juftligini tashkil etdi. Mana, ularning keyingi besh yillik umumiy gollari soni: 23, 45, 41, 39 va 48 gol va bu faqat chempionatda! Sanches Butragenyodan ko‘proq gol urardi. Bu futbolchilarning vazifalar taqsimlanishi bilan bog‘liq edi. Meksikalik nayzaning uchi ya’ni hammasini yakunlovchi edi, ispaniyalik esa maydon markazida ko‘proq harakat qilardi.

Xujumchining fantastik o‘yini "Real" natijalariga ham ta’sir ko‘rsatdi - 1986 yilda, 6 yillik tanaffusdan so‘ng, "Qirollik klubi" chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi va ketma-ket besh mavsum bu chempionlikni munosib himoya qilib keldi. Emilio Butragenyo haqli ravishda "Real Madrid" afsonasi va ramzi maqomini oldi, shu paytgacha uklub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 7 o‘rinni egallab turibdi. Qahramonimiz “qirollik klubi”da o‘z faoliyatini yakunlashni istardi. Ammo hali o‘zini bemalol yaxshi futbol ko‘rsatishga qodir hisoblagan Butragenyo endi “Galaktikos”ga kerak emas holatda edi. Unga bir nechta ispan klublaridan takliflar bo‘lgan, lekin u Meksikaga ketishni tanlagan, chunki u o‘zining sevimli jamoasiga qarshi maydonga tushishi hoxlamas edi. 

"Atletiko" (Selaya), Meksika - 1995-1998

Butragenyo uch yil davomida "Atletiko Selaya”da o‘ynadi. U yerda  91 ta o‘yinda 29 ta gol urib, yaxshi ko‘rsatgich qayd etdi. Aytgancha, Meksikada Butragenyo, Ugo Sanches va Migel Mishel bilan bir klub safida o‘ynagan.

 Ispaniya terma jamoasi - 1984-1994

 Ispaniya terma jamoasi uchun Emilio Butragenyo debyut o‘yinini 1984 yil oktyabr oyida Uelsga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. Butrageno 69 ta o‘yin o‘tkazib va 26 ta gol urgan (Ispaniya termasida 7-raqamli to‘purar), ikkita jahon va bitta Yevropa chempionatida qatnashgan. To‘g‘ri, ispanlar bu turnirlarda porlashmagan - Yevro-1988da ular guruhdan chiqisholmaganlar va ikki yildan so‘ng Jahon chempionatida pley-offning birinchi bosqichida Yugoslaviya terma jamoasiga yutqazishgan. Milliy terma jamoada sovrin yutishga eng yaxshi imkoniyat 1986 yilda bo‘lgandi. Meksikada bo‘lgan jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi chorak finalga chiqishni eplagan, Emilio turnirda beshta gol urishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan to‘rttasi 1/8 finalda daniyaliklar darvozasiga kiritilgan. Ammo afsuski, ispanlar yarim finalda Belgiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishgan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.                                                                                                     

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:36, 09.04.2022.
O'qildi: 5339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.