Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Gvardiola: "Men ko‘p jihatlarda Yurgenga yaqinman, ammo APLdagi boshqa murabbiylarni ham o‘rganaman"

Gvardiola: "Men ko‘p jihatlarda Yurgenga yaqinman, ammo APLdagi boshqa murabbiylarni ham o‘rganaman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola murabbiy sifatida izlanishi va rivojlanishini aytib o‘tdi.

"Barselona B" jamoasidan murabbiylik faoliyatini boshlagan kataloniyalik, 15 yil davomida 31 sovrinni qo‘lga kiritdi va barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli futbol ustozlari qatoridan joy egalladi.

Gvardiola "Manchester Siti" murabbiyi sifatida Premyer-Ligadagi 250-g‘alabasini nishonlashi uchun yana bitta o‘yin kerak bo‘ladi.

Ko‘plab muvaffaqiyatlariga qaramay, u doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘rganishi va rivojlanishini, Yurgen Klopp u yaxshi ko‘radigan hamda o‘rganadigan murabbiylar orasida ekanligini ham aytib o‘tdi.

"O‘z ko‘rganlarimdan shuni aytishim kerakki, men Yurgenga yaqinman. Biz ko‘p jihatlar bo‘yicha juda o‘xshashmiz, ammo uning hujum uchligi sifat bo‘yicha havas qiladigan darajada. Lekin, men faqat Yurgendan emas, balki Premyer-Ligada to‘qnash kelgan barcha murabbiylardan o‘rganaman.

Raqibning nima ish qilayotganini ko‘rishga qiziqaman. Ularning o‘yin uslubini kashf qilish va ularni biz qanday nazorat qilishimiz mumkinligini ko‘rish - mana shu sababdan men murabbiyman, sizning qarshingizda o‘tiribman", - deya jurnalistlarga murojaat qildi Gvardiola.

"Ba’zida o‘yinchilarni g‘amgin holatda ko‘rganimda ko‘p asabiylashaman, chunki ular o‘ynashga munosib bo‘lishadi va bu paytda javobgarlikni his qilaman. Buni yoqtirmasligim yaxshi emas, biroq ko‘p narsalarni o‘rganaman. Shuning uchun ham faoliyatimni boshlagan davrimga nisbatan o‘zimni yaxshiroq murabbiy sifatida his qilaman.

Raqiblardan o‘rganaman, taktika yoki boshqa narsalar haqida kitoblar o‘qish orqali izlanaman, ularning nima qilishlari borasidagi tajribalari va qanday fazilatga ega ekanliklarini bilib boraman. Shuningdek, keyingi safar ularga qarshi yaxshiroq o‘ynashga va g‘alaba qozonishga harakat qilaman" - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Bundan tashqari, Gvardiola Angliyadagi OAV va jamoat oldida murabbiy bo‘lish mukammal atmosferani taqdim etishini ta’kidlab o‘tdi.

"Bu yerda xotirjamroq. Angliya futbolchi va murabbiy bo‘lish uchun eng yaxshi mamlakat sanaladi. Yutganimizda yoki yutqazganimizda, tanqidlarni va ko‘plab yaxshi narsalarni qabul qilamiz. Ammo, bu yerda odamlar murabbiylar va o‘yinchilarni qanday hurmat qilishidan kelib chiqib ayta olamanki, bu yerni men bo‘lgan davlatlar bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Bu yerda barcha futbolga boradi, tashqaridan ko‘plab insonlar jalb qilinadi. Bu yerda barchasi mukammal", - deya ta’kidladi Pep Gvardiola.

Manba: mancity.com
Kiritildi: 05:58, 10.04.2022.
O'qildi: 2051 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.