Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

APL. "Manchester Siti" bugun «Liverpul»ning g‘alabali seriyasiga chek qo‘yishi mumkin, Foden yana ushbu ishni amalga oshira oladimi?

APL. "Manchester Siti" bugun «Liverpul»ning g‘alabali seriyasiga chek qo‘yishi mumkin, Foden yana ushbu ishni amalga oshira oladimi?

Baho:
+ | -

Bugun Angliya chempionati 32-turining markaziy uchrashuvi o‘tkaziladi. Musobaqa peshqadami "Manchester Siti" o‘zidan bir ochko ortda borayotgan «Liverpul» klubini qabul qiladi.

Fil Foden bugun Jeymi Vardining rekordini takrorlashi mumkin. Shu va boshqa qiziqarli faktlar bilan tanishib oling.

Bilasizmi?

Bugungi g‘alaba «Liverpul»ni o‘tgan yilning 1 oktyabr oyidan beri ilk bor APL peshqadamiga aylantiradi. Mavsumning oxirgi 10 o‘yinida musobaqa jadvalining top-2 jamoasi o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan oxirgi 8 APL uchrashuvida, ikkinchi o‘rinda borayotgan jamoa 7 marta g‘alaba qozongan (1 mag‘lubiyat). Oxirgi 5 ketma-ket g‘alaba so‘nggi bellashuvlarda qo‘lga kiritilgan.

"Manchester Siti" Premyer-Liga doirasidagi so‘nggi 12 uy uchrashuvda «Liverpul»ga 1 marotaba imkoniyatni boy bergan (7 g‘alaba, 4 durang). O‘sha birgina g‘alaba (1:4) Yurgen Kloppning «Etihad» stadioniga ilk tashrifida 2015 yilning noyabr oyida kuzatilgan edi.

«Liverpul» APLdagi oxirgi 10 bahsda g‘alaba qozondi va shulardan sakkiztasida darvozasidan to‘p olib chiqmadi. Bu klubning 10+ g‘alabali seriyasi beshinchi marotaba kuzatilmoqda va dastlabki to‘rttasi boshqa jamoalar tomonidan to‘xtatilgan (2:2, «Bolton» 2006-yil; 0:2, «Chelsi» 2014; 1:1, «MYU» 2019; 0:3, Uotford 2020).

"Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden «Liverpul»ga qarshi oxirgi 3 o‘yinning barchasida gol urishga muvaffaq bo‘lgan va musobaqada ketma-ket 4 bahsda mersisaydliklar darvozasini ishg‘ol etgan Jeymi Vardidan keyin (5 marotaba, 2016-2017) ikkinchi o‘yinchiga aylanishi mumkin.

Bahs rasmiylari

O‘yinni Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi.

Bosh hakam: Entoni Teylor

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Adam Nunn

Zaxira hakami: Andre Marriner

VAR: Pol Tirni

VAR yordamchisi: Timoti Vud

 

Bahs Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: premierleague.com
Kiritildi: 11:47, 10.04.2022.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.