Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Afrika javohiri — Sadio Mane

Afrika javohiri — Sadio Mane

Baho:
+ | -

Bugun 30ga kirgan Sadio Mane Senegalning Sediu shaharchasida 1992 yili masjid imomi oilasida tug‘ilgan. Bambali qishlog‘ida kichik bir uychada to‘qqiz kishi bilan yashagan. Ota-onasi, aka-ukalari, opalari bilan birga. Oila kambag‘al edi. Shuning uchun ota bolalarining o‘qishiga qattiq e’tibor qaratar, o‘qib olim bo‘lishlarini istardi.

Qahramonimizning nigohi futbolga tortar, uydagilar bu ishiga qarshi edilar.

Sport bilan uning tengdoshlari 2002 yili jiddiy shug‘ullanishni boshlashdi. Senegal mundialda furor ko‘targan mavsum. Chorak finalgacha yo‘l, esingizdadir?!
Maktabni bitirar ekan, Sadio otasini futbol o‘ynashga ko‘ndirdi. Qizig‘i, uni Dakarga butun qishloq pul yig‘ib jo‘natgan. Haligacha Mane qishlog‘ini har jabhada ta’minlab keladi.

Poytaxtda "Jenerasyon Fut" klubi akademiyasida nazoratdan o‘tgan. Tuzukroq oyoq kiyimi yo‘q, libosi haminqadar, yirtilgan butsasi va ishtoni bilan o‘zini ko‘rsatishni boshlagan Sadio darhol barchaning e’tiboriga tushdi. Qabul qilindi.

Mane begona bir oilaga qo‘shildi. 2011 yili Fransiyaning "Mes" klubi skautlarining nazariga tushguniga qadar ko‘p mehnat qildi. Ular Afrikada yosh talantlarni ta’minlashar, kambag‘al oilalar bolalariga ko‘mak berishar, shu asnoda iqtidorlarni kashf etishardi. Aytishlaricha, Mane ular ko‘rgan eng qobiliyatli va... eng kambag‘al o‘spirin edi. Vaholanki, 17 yoshga kirgan Sadio bu paytda jamoa to‘purari edi.

Keyingi hayoti boshqa yulduzlarnikiga o‘xshash. Mehnatlari evaziga kattaroq klublarga taklif va APLga tashrifi. "Sautgempton" safida u ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan. "Liverpul" bilan o‘zaro o‘yinlarda to‘rtta gol urgani e’tiborga molik. Klopp Sadioni "Redd Bull" dagi o‘yinlaridan kuzatib yurganini tan olgan. "Liverpul" o‘zi senegalliklarni xush ko‘radi. Mane Xadji Diuf va Salif Diaodan keyingi senegallik.

"Sautgempton" dan bu klubga o‘tgan beshinchi o‘yinchi – Riki Lambert, Deyan Lovren, Adam Lallana va Nataniel Klayndan keyingi transfer. Tan oling, eng zo‘ri ham u.

2019 yili Afrikaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi. Ba’zi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislarning nazdida 2019 yilgi o‘yini bilan "Oltin to‘p" sovrindoni bilan yonma-yon turishi kerak edi. Messining ta’rifi ham shunday bo‘lgan.

Bugun undan baxtli afrikalik yulduz bo‘lmasa kerak: termasida Afrika chempioni bo‘ldi, mundial ishtirokchisiga aylandi va klublar o‘rtasidagi eng asosiy o‘yinda maydonga tushadi. Qishloq ahlining to‘plab bergan pullarini oqladi yigit...

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:12, 10.04.2022.
O'qildi: 2982 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик