Fabio Kapelloning fikricha, «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba Italiya chempionatida o‘ynashi mumkin.
«O‘ylaymanki, Artyom yozda «Zenit»ni tark etsa, A Seriyada o‘ynashi mumkin. Kokorin «Fiorentina» safidagi so‘nggi o‘yinda maydonda 10 daqiqa o‘tkazganidan ham juda xursandman», — deydi Kapello.
Bu yil 34 yoshga to‘ladigan Dzyuba joriy mavsum «Zenit» safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.