Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Zoran Marushich: “G‘alabali odimimizni davom ettirishga intilamiz”

Zoran Marushich: “G‘alabali odimimizni davom ettirishga intilamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 28 yoshli serbiyalik hujumchisi Zoran Marushich bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoamizning oldiga joriy mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Buni amalga oshirish uchun xoh o‘z maydonimiz, xoh safarda bo‘lsin, barcha o‘yinlarda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, bizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz.

Xudoga shukr, O‘zbekiston kubogi bahslarini ham omadli tarzda boshlab, ilk o‘yinda joriy mavsum yetakchilaridan biri bo‘lgan “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik va “Dinamo” bilan bo‘ladigan bahsda ham g‘alabali odimimizni davom ettirishga intilamiz.

OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Superliga hamda O‘zbekiston kubogi turnirlarida maksimal natijaga erishish lozim hamda ta’kidlaganimdek, buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Fursatdan foydalanib, muxlislarga musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyidagi ibodatlarni bajarishda kuch-quvvat, ushbu ibodatlarni Yaratgan o‘z dargohida qabul qilishini tilab qolaman.

Ishqibozlardan esa bo‘lajak o‘yinda stadionga ko‘proq tashrif buyurib, jamoamizni bevosita qo‘llab-quvvatlab, madad berib turishlarini so‘rayman.

Biz – futbolchilar muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga yarasha maydonda munosib to‘p tepib, ularga quvonch ulashishga intilamiz hamda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Baxtimizga “Navbahor” ishqibozlari hamisha sog‘ bo‘lishsin" - dedi Zoran Marushich.

Manba: "Навбахор" матбуот хизмати
Kiritildi: 00:30, 12.04.2022.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.