"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos yana bir necha yil yuqori saviyada o‘ynashni rejalashtirayotganini aytdi.
“Yana 4-5 yil yuqori saviyada o‘ynab, keyin boshqa tajribalarga ega bo‘lishni istardim.
Men Parijda ikki yil o‘tkazaman va uni uch yilga aylantirishga harakat qilaman. Voqealar qanday bo‘lishini keyinroq ko‘ramiz”, - dedi “PSJ” himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi