"Udineze"da ijara asosida harakat qilayotgan "Arsenal" himoyachisi Pablo Mari Italiya klubida qolishni istashini aytdi.
“Men “Udineze”da qolishni istardim. "Arsenal" bilan 2024 yilgacha shartnomam bor, ammo Italiya jamoasida baxtliman", - deya Mari so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Ma’lumot uchun, Mari yanvar oyida sotib olish shartisiz mavsum yakuniga qadar "Udineze"ga ijaraga berilgan. Ispaniyalik futbolchi Italiya klubi uchun 8 ta uchrashuvida qatnashgan.
Transfermarkt.com portali himoyachining narxini 5 million yevroga baholamoqda.