"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Didye Drogba Kot-dIvuar futbol federasiyasi (FIF) prezidentligiga nomzodini qo‘yadi, deb xabar beradi AFP.
Manbaga ko‘ra, 44 yoshli sobiq forvard 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda qatnashadigan olti nomzoddan biri.
“Olti nafar nomzod ro‘yxatga olindi. Bular Yatte Ellele Jan-Batist, Arno Aka, Loran Kouaku, Idriss Diallo, Sori Diabate va Didye Drogbadir”, - dedi manba.
Eslatib o‘tamiz, Drogba 2006 va 2010 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan va Kot-dIvuar terma jamoasi safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.