Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Parij-2024: qaysi sport turidan qancha yo‘llanma o‘ynaladi?

Parij-2024: qaysi sport turidan qancha yo‘llanma o‘ynaladi?

Baho:
+-1 | -

2024 yili Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida barcha sport turlari bo‘yicha lisenziyalar taqsimoti e’lon qilindi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytining xabar berishicha, sportning ayrim turlari bo‘yicha ishtirokchilar soni Tokio olimpiadasiga nisbatan kamaygan. Suv sporti turlari, yengil atletika, boks, kanoeda eshkak eshish, velosport, gimnastika, dzyudo, eshkak eshish, yelkanli sport, o‘q otish, og‘ir atletika shular jumlasidan.

 

Skeytbord, qoyani zabt etish va syorfing sport turlarida esa lisenziyalar soni oshirildi. Boshqa sport turlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi.

 

Shuningdek, Olimpiada o‘yinlari tarixida birinchi marta Parij o‘yinlarida gender tenglik ta’minlanadi. 32ta sport turining har birida teng miqdordagi erkak va ayol sportchilar qatnashishi ko‘zda tutilgan va ishtirokchilar soni ham shunga muvofiq taqsimlangan.

 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2024 yili Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar soni sport turlari bo‘yicha quyidagi tartibda taqsimlandi:

 

Suv sporti turlari – 1 370 (Tokio-2020da 1 410 nafar),

Kamondan otish – 128 (128),

Yengil atletika – 1 810 (1 900),

Badminton – 172 (172),

Basketbol – 40 (40),

Boks – 248 (286),

Kanoe – 318 (328),

Velosport – 514 (528),

Ot sporti – 200 (200),

Qilichbozlik – 212 (212),

Futbol – 32 (32),

Golf – 120 (120),

Gimnastika – 318 (324),

Qo‘l to‘pi – 24 (24),

Xokkey – 24 (24),

Dzyudo – 372 (386),

Zamonaviy beshkurash – 72 (72),

Eshkak eshish – 502 (526),

Regbi – 12 (12),

Yelkanli sport – 330 (350),

O‘q otish – 340 (360),

Stol tennisi – 172 (172),

Taekvondo – 128 (128),

Tennis – 172 (172),

Triatlon – 110 (110),

Voleybol – 72 (72),

Og‘ir atletika – 120 (196),

Sport kurashlari – 288 (288),

Breyk-dans – 32,

Skeytbord – 88 (80),

Qoyani zabt etish – 68 (40),

Syorfing – 48 (40).

 

Ko‘rib turganingizdek, Parij-2024 o‘yinlariga yangi yo‘nalishlar qo‘shilishi natijasida suv sporti turlari, yengil atletika, boks, kanoe, velosport, gimnastika, dzyudo, eshkak eshish, yelkanli sport, o‘q otish, og‘ir atletika sport turlarida yo‘llanmalar soni sezilarli tarzda kamaygan.

 

Avval xabar berganimizdek, og‘ir atletika sportida erkaklar va ayollar 5tadan vaznda Olimpiya o‘yinlari medallari uchun bahs olib borishadi.

 

Unda erkaklar -61, -73, -89, -102, +102 kg, ayollar esa -49, -59, -71, -81 hamda +81 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun supachaga chiqishadi.

 

Vazn toifalarining qisqarishi va nomutanosibligi boshqa davlatlar qatori mamlakatimiz olimpiyachilarining ko‘rsatkichlariga, medallar uchun asosiy da’vogarlik qiladigan sport turlarida ko‘zlangan maqsadlarning yanada murakkablik kasb etishiga olib kelmoqda. Biroq shunday vaziyatda ham O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zolari hamda mamlakatimiz terma jamoasi murabbiylar kengashi tomonidan Parij-2024 o‘yinlariga tayyorgarlikni samarali tashkil etish bo‘yicha rejali ishlar olib borilmoqda.

 

Umid qilamizki, yurtimizning iste’dodli sportchilari Parij-2024 yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish hamda rejadagi maqsadlarga erishishda o‘z matonat va irodalarini namoyish etadi. Zotan, bu yo‘lda aniq reja, tizimli tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlab yuborilgan. Muhimi, omad sportchilarimizga hamroh bo‘lsa bas.

 

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyul – 11 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Manba: Minsport.uz
Kiritildi: 20:05, 12.04.2022.
O'qildi: 3275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик