Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL. "Bavariya" sensasion tarzda musobaqa bilan xayrlashdi!

YECHL. "Bavariya" sensasion tarzda musobaqa bilan xayrlashdi!

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlari Ligasining 1/4 final javob uchrashuvida "Bavariya" o‘z maydonida "Vilyarreal" jamoasini qabul qildi.

Dastlabki uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan ispanlar ushbu bellashuvda juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Aksincha, "Bavariya" bor e’tiborini hujumga qaratdi.

Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda Robert Levandovski hisobni ochdi. Gol o‘tkazib yuborilganidan keyin mehmonlar hujumga e’tibor qaratishdi va 88-daqiqasida Chukvuezening kiritgan goli evaziga muvozanatni tiklashdi va ikkinchi o‘yin natijasiga ko‘ra, yarim finalga yo‘l oldi.

"Bavariya" – "Vilyarreal" 1:1

13 aprel, 00.00, «Alyans-Arena»

Gollar: 1:0 – 52 Levandovski, 1:1 – 88 Chukvueze.

"Bavariya" – Noyer, Ernandes (Devis, 87), Upamekano, Pavar, Goretska, Kimmix, Musiala (Gnabri, 82), Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman, Sane.

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, OrYE, Lo Chelso, Koklen (Chukvueze, 84), Kapu, Parexo, Jerar Moreno, Dandjuma (Pedrasa, 84).

Ogohlantirishlar: Levandovski (33), Foyt (59), Lo Chelso (90).

Kiritildi: 01:58, 13.04.2022.
O'qildi: 3202 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик