Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Real»ning kuchi nimada?

«Real»ning kuchi nimada?

Baho:
+ | -

«Real»ning kuchi nimada, deb o‘ylab ko‘rishga urindim.

Bir odat bor futbolda. Xet-trik qilgan futbolchi to‘pni esdalikka olib ketadi, jamoadoshlari esa, bu to‘pga o‘z imzosini qo‘yib beradi. «Chelsi»ga qarshi Londondagi o‘yinda xet-trik qilgan Karim Benzema an’anadan voz kechgan va hali maqsadga erishilmaganini aytgandi. Shunday bo‘ldi ham: javob o‘yini oson bo‘lmadi va Benzemaning boshqa goli yarim final yo‘llanmasini olib berdi.

Hozirgi «Real»ning muammosi ko‘p. O‘yin borasida juda ko‘p jamoalarga yutqazar balki. Ammo qaysidir ma’noda bu ustunlik ham beradi - «Real» ham, Benzema ham ideal emasliklarini bilishadi. Bu esa, har qanday burilishga tayyor turishga, har qanday holatda kurashni tashlab yubormaslikka majbur qiladi.

«Real» o‘ziga ishonib, hammasi hal qilib bo‘lgandek tasavvurda qolishlari mumkin edi. Unday bo‘lmadi, «Chelsi» avval hisobni 3:0 ga yetkazgan bo‘lsa-da, bu «Chelsi»ning zo‘r o‘ynagani tufayli. Agar «Real» o‘yinchilari raqibni mensimay, hammasi hal bo‘lgandek maydonga tushib, uchta gol o‘tkazganlarida, o‘yinga qayta olmasdilar. Parijni eslang, hatto 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘ziga ortiqcha baho bergan, «Real» burilish qilganida, dovdirab, sochilib ketgandi.

«Real» esa «Chelsi»ning kambek qilishiga ham tayyor edi. «Chelsi»dan ham yaxshiroq tayyor edi hatto...

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 09:13, 13.04.2022.
O'qildi: 6596 marta.
Fikrlar: 55 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик