Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

APL. Fantastik gollar shodasi: 29/6

APL. Fantastik gollar shodasi: 29/6

Baho:
+ | -

Angliyada o‘tgan hafta yakuni 32-tur o‘yinlari bilan yodimizda qoldi. Ushbu davr mobaynida esa bir-biridan ajoyib gollar kiritilganiga guvoh bo‘ldik. Xususan, tur davomida 29 ta gol darvoza to‘ridan joy olgan. Biz esa ular ichidan eng yaxshi va chiroyga egalarini tanlab olishga harakat qildik. Quyida, oltita gollar mualliflari nomlari keltirib o‘tiladi.

1. Enok Mvepu – «Arsenal»ga qarshi

Demak, ro‘yxat boshida «Brayton»ning «Arsenal» maydoniga safari yodga olinadi. Ushbu o‘yin 2-1 hisobida «chag‘alaylar» foydasiga hal bo‘lgandi. «Emirates»dagi o‘yin hisobi Leandro Trossard tomonidan ochiladi. Ha, belgiyalik hujumchining goli ham juda chiroyli yo‘llangan edi. Ammo biz iloji boricha bitta jamoadan bir kishini tanlab olishga harakat qildik. Bahs mobaynida mehmonlar yarim himoyachisi Mvepuning harakatlari alohida ahamiyatga molik bo‘ldi. Uning goli esa to‘xtatmasdan yo‘llangan zarbadan qolishmadi va Remsdeylning imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. Yakunda esa aynan ushbu gol «Brayton»ga uch ochko taqdim etdi.

2. Meyson Mount – «Sautgempton»ga qarshi

«Sautgempton»ning 6-0 hisobida dog‘da qoldirilishi, katta shov-shuvli voqea emas. Ammo ushbu gollar ichidan faqat bittasini tanlab olish, nisbatan muammoroq jarayon edi. Freyzer Forsterni dog‘da qoldirgan to‘p, Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi tomonidan taxminan 20 yardcha masofada turib yo‘llangan edi.

3. Rafinya – «Uotford»ga qarshi

«Lids Yunayted»ning 3-0 hisobida mehmonda qozonilgan g‘alabasi, jamoaga APLda sal bo‘lsada erkinroq nafas olish imkonini taqdim etdi. Negaki, Jessi Marsh shogirdlari turnirni tark etish xavfi ostida qolayotgan jamoalardan biri bo‘lib turgan edi. «Bug‘ular» darvozasiga kiritilgan birinchi gol qolganlaridan ajralib turdi. Deniyel Jeyms tomonidan berilgan qulay uzatma, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya tomonidan darvozaga yo‘llandi. Ben Foster esa zarba oldida allaqachon ojiz edi.

4. Son – «Aston Villa»ga qarshi

Bilasizmi, aslida «Tottenxem» tomonidan yo‘llangan har bir gol o‘ziga yarasha chiroyli va tanlab olishga arzirdi. Ammo yana o‘sha gap, hamma uchun adolatli bo‘lish kerak va bitta o‘yindan faqat bitta gol tanlanishi mumkin. Janubiy koreyalik hujumchi xet-trik qayd etgan o‘yinda, uning birinchi goli eng yaxshisi deb hisoblanadi. O‘yinning uchinchi daqiqasidayoq urilgan o‘ng oyoqdagi gol, Martinesni dog‘da qoldirish uchun yetarli bo‘ldi.

5. Kirnan Dyusberi-Xoll – «Kristal Pelas»ga qarshi

«Tulkilar» maydonida kechgan bahs mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Unda «Lester» yarim himoyachisi Dyusberi-Xollning xizmatlari juda katta edi. U «King Power»da kim qirol ekanini ko‘rsatib bera oldi. Birinchi taymning so‘nggi daqiqasida kiritilgan gol Patson Dakaning qulay uzatmasidan keyin yuzaga keldi. 2-1 hisobida yakunlangan bahsda, 23 yoshli futbolchining goli ahamiyatga ega edi. Kirnanning kuchliroq sanalgan chap oyog‘idan yo‘llangan zarba Guayta darvozasining yuqori burchagidan joy oladi.

6. Sadio Mane – «Manchester Siti»ga qarshi

Chempionlik uchun kurashga kirgan «Liverpul» hamda «Manchester Siti» bahsi 2-2 hisobida yakun topgan. Shunday bo‘lishi ham kerak edi. Negaki, kuchlar tengligi va adolatli hisob ta’minlandi. Ushbu uchrashuvning eng zo‘r goli esa ikkinchi taymning dastlabki daqiqasida o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Sadio Mane tomonidan kiritilgan. 2-1 hisobida ortda qolayotgan Klopp jamoasi uchun esa ushbu gol suv va havo kabi zaruriyat edi. Qolaversa, «shaharliklar» himoyasida nuqson topish oson ish emas. Ammo Manega raqibning ahamiyati yo‘q...

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:30, 13.04.2022.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.