Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Liverpul»ning tejamkor o‘yini haqida

«Liverpul»ning tejamkor o‘yini haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha Chempionlar Ligasi chorak final doirasida «Liverpul» o‘z maydonida «Benfika» bilan durang natija qayd etdi va umumiy hisobga ko‘ra yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur bahsda asosiy tarkib futbolchilari hisoblangan Salah, Mane, Jota, van Deyk singari yulduzlar o‘yinni zaxirada o‘tirgan holda boshlashdi. Kechagi bahsda Yurgen Klopp tejamkor uslubda futbol ko‘rsatishni ma’qul ko‘rganini aytishimiz mumkin. Jamoa birinchi bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozonganidan keyin xotirjam tarzda javob o‘yinini o‘tkazdi. Bu sal qolsa qimmatga tushib qolishi mumkin edi. Chunki, portugaliyaliklar vakili Darvin Nunyes 3-4 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin, shulardan bittasi hisobga olindi.

Mersisaydliklar «Enfild»da ham hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirishganidan keyin juda ham xotirjam o‘ynashdi. Natijada, hisob tenglashdi va so‘nggi daqiqalar «qizillar» ishqibozlari uchun xavotirli o‘tgani haqiqat. Nunyes bir necha bor xavf soldi. Alisson jamoasi joniga oro kirdi deb bemalol aytishimiz mumkin.

Klopp yarim finalda ham nisbatan kuchsiz bo‘lgan «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi. Chorak finalga yo‘l olgan 8 jamoa ichida «Benfika» va «Vilyarreal» daraja jihatidan boshqa klublarga qaraganda autsayder sifatida e’tirof etilgandi. Mana shu ikki klub «Liverpul» qarshisidan chiqmoqda. Bu esa Kloppga nisbatan kamroq talofatga uchrab finalga chiqish imkoniyatini berishi mumkin. Unay Emeri jamoasiga hurmat saqlagan holda aytish kerakki, «Bavariya» va «Yuventus» to‘sig‘idan o‘tgan klub «Liverpul»ga ham qiyinchilik yaratadi, lekin finalga mos o‘yin ko‘rsatishi uchun katta mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Narigi juftlikda «Real» va "Manchester Siti" jamoalari final yo‘llanmasi uchun bellashishadi. Klopp shogirdlari esa «Vilyarreal»dan bir bosh ustun hisoblanadi. Futbolda sensasiyalar ham bo‘lib turadi. Ammo, tan olish kerak «Liverpul» va «Vilyarreal» jamoalari o‘rtasidagi bahsda favoritni ayta olamiz.

Mersisayd klubi joriy mavsumda "B" guruhida g‘olib chiqdi va nimchorak final o‘yinida umumiy hisobda «Inter»ni mag‘lub etdi. Shu mavsumda Muhammad Salah 8 gol urgan holda YECHLda jamoasi to‘purari bo‘lib turibdi. UYEFA reytingida 3-o‘rinda qayd etilgan «Liverpul» musobaqa tarixida olti marta zafar quchgan va bu safar ham chempionlikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilib ko‘radi.

Klopp 2015 yil klubga bosh murabbiy bo‘lganidan beri «Liverpul» 4-3-3 taktikasida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatmoqda. Yuqori shiddatli bosim qilish ham oxirgi mavsumlarda ancha yaxshilanganini ko‘rishimiz mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:59, 14.04.2022.
O'qildi: 2198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.