Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Viktor Kumikov: "Kimga qanaqa bilmadim-u, o‘yin menga yoqdi"

Viktor Kumikov: "Kimga qanaqa bilmadim-u, o‘yin menga yoqdi"

Baho:
+ | -

Bugun “Andijon” klubi o‘z maydonida O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qildi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O‘yindan so‘ng, “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov matbuot anjumanida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kimga qanaqa bilmadim-u, lekin menga o‘yin juda yoqdi. Hammasi yaxshi bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlarni yaratdik, ammo foydalana olmadik. Hattoki, ikkinchi golni ham urdik. Nimaga hisobga olishmadi, hayronman. Ko‘rsatgan o‘yinlari uchun hamma futbolchilarga rahmat aytaman. Barchasi maydonda harakat qilishdi. Superliga jamoasi bilan o‘yinda yigitlarimiz biroz bo‘lsa ham mahoratini ko‘rsatishdi. Raqib esa birgina imkoniyatdan foydalanib ketdi. Mehmonlarga jiddiy hujum uyushtirishga imkon bermadik.

Bir so‘z bilan aytganda, uchrashuvni yaxshi o‘tkazdik. Ko‘rinib turibdiki, yigitlarimiz maksimal darajada harakat qildilar. Bundan keyingi uchrashuvlarimiz ham shunday o‘tsa, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Men o‘yindan qoniqdim, natijadan emas. Biz yutishimiz kerak edi. Bizga ochko muhim emas, eng asosiysi, guruhdan chiqdik. Mana shu natija. “So‘g‘diyona”ni “Yangiyer” bilan o‘zaro o‘yini bor. Agar o‘sha o‘yinda durang bo‘lsa, biz birinchi o‘rin bilan chiqamiz. Mabodo, “So‘g‘diyona” yutadigan bo‘lsa, biz ikkinchi o‘rin bilan chiqamiz. Har qanday holatda ham biz guruhdan chiqdik. O‘zinglar ham hisob-kitob qilib ko‘ringlar. Yoki bizni hali guruhdan chiqmadi, deb o‘yladinglarmi?" - dei Kumikov.

Kiritildi: 23:25, 14.04.2022.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик