Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Azmun RPLga qaytishi mumkinmi?

Azmun RPLga qaytishi mumkinmi?

Baho:
+ | -

"Zenit", "Rostov" va "Rubin" klublarining sobiq hujumchisi Sardor Azmun Rossiya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda agent Mehdi Hagitali ma’lum qildi.

"Germaniya futboli yuqori saviyaga ega. Qolaversa, Erondan ko‘plab kuchli futbolchilar Bundesligada o‘ynashgan - masalan, Ali Karimi, Ali Dai va boshqalar. Aytishimiz mumkinki, nemis futboli tarixan Eronda juda mashhur. Sardorga moslashish uchun vaqt kerak bo‘lishi kutilmoqda, boshqa davlatga, boshqa jamoaga o‘tganingda bu mutlaqo normal holat. U ko‘nikish bosqichida, unga vaqt kerak, lekin sekin-asta Bundesligada yaxshiroq va yaxshiroq o‘ynashiga shubha yo‘q.

Azmunning Rossiyaga qaytishi? Kelajakni bashorat qilib bo‘lmaydi, biz hozirda yashayapmiz va Sardorning futbolchilik faoliyatida yangi sahifadan zavqlanyapmiz. Ochig‘i, agar u Rossiyani yoqtirmasa, u siz bilan 9 yil o‘tkazmagan bo‘lardi. Demak, kelajakda qaytish mumkin”, dedi agent.

Avvalroq Azmun "Zenit"ga ichki maydonda bir qancha sovrinlarni yutishda yordam bergan. U haqli ravishda Rossiya chempionatining hozirgi bosqichidagi eng yaxshi hujumchilardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 17:24, 15.04.2022.
O'qildi: 1091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик